Baqtriya: Versiyalar orasidagi farq

8 bayt qoʻshildi ,  9 yil oldin
k
imlo
(Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi)
k (imlo)
'''Baqtriya''', Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy vi-loyat. Asosan hoz. Oʻzbekiston va Tojikistonning jan. viloyatlari hamda Af-gʻonistonning shim. qismini oʻz ichiga olgan. Shim.
 
da Sugʻd, jan.da va jan.-sharqda Araxosiya, Gandhara, gʻarbda Ma-rgʻiyona b-nbilan chegaralangan. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. B. mil.av. 6—4-a.larda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra mil.av. 3-a. oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; mil. av. 2-a.da toharlar tomonidan bosib olingach, Tohariston deb atala boshlagan.
 
B.da dastlabki arxeologik tadqiqotlar 19-a.ning 2-yarmidan boshlangan (N.A. Masv. I. V. Mushketov va b.). Shim. B. hududida 1926 — 28 y.larda Sharqmadaniyati muzeyi (hoz. Sharqxalqlari sanʼ-ati muzeyi) ekspsditsiyasi (rahbari B. P. Denike). 1936 — 38 y.larda Termiz arxeologiya-kompleks ekspeditsiyasi (rahbari M. Ye. Massoy), 1953 — 54 y.larda Tojikiston arxeologiya ekspeditsiyasi (rahbari M. M. Dyakonov), 1950 — 55 y.lari Oʻzbekiston arxeologiya ekspeditsiyasining Surxondaryo otryadi (rahbari L. I. Albaum) arxeologi k kazish ishlari olib borgan. 1960 y.dan (bir oz ta-naffus b-n) Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi (rahbari G. A. Puga-chenkova), 1972 y.dan Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-tining Baqtriya ekspeditsiyasi (raxbari V. M. Massoy) ar-xeologik tadqiqotlarni davom ettirdi. Jan. B. hududi (Shim. Afgʻoniston)da fransuz arxeologlari — R. Girshman (1936 - 41), D. Shlamberje (1945 - 64), P. Bernar (1964 — 78), shuningdek sobiq Ittifoq-Afgon ekspeditsiyasi (1970 — 78; I. T. Krutikova, V. I. Sarianidi, G. A. Pugachenkova, A. Asqarov, R. Sulaymo-nov, Sh. Pidayev, 3. Hakimov, V. N. Yagodin va b.) qazish ishlari olib borgan.
 
Avesto, Bihistun kitobalari, Nakdsh Rustamdagi kitobalar hamda qad. gʻind adabiy yodgorliklari — "Rigveda" va "Ramayana"da B. haqida maʼlumotlar mavjud. B. Oʻzbekistonda dehqonchilik madaniyati taraqqiy etgan va ilk davlat tuzu mi vujudga kslgan qad. markazlardan biri. Bu yerda mil. av. 2ming yillikniig 1-yarmidayoq oʻtroq dehqonchilik madaniyati mavjud boʻlganligi arxeologi k materiallar b-nbilan isbotlangan. Sotshitepsshan chiqqan topilmalar B.ning ilk shahar tipidagi qad. qishloqlari tarixiy topografiyasi, meʼmoriy tarhi, madaniyati, aholisining etnik qiyofasi va tarkibini aniqlab berdi. B.ning oʻtmishda "Ming bir shahar mamlakati" deb atalganligi unda shaharlarning koʻp boʻlganligidan guvoxlik beradi. Surxoidaryoning jan. tumanlarida olib borilgan arxe-ologik tadk,iqotlar jarayonida koʻplab shahar harobalari topilgan (q. Ayri-tom, Dalvarzintepa, Termiz, Xolchayon va b.). Tarixiy va arxeologik maʼlumotlarga koʻra baqtriyaliklar belbogʻli koʻylak, cholvor va kuloh kiyishgan, cholvorlarining pochasini uchi yuqoriga qayrilgan etiklarining qoʻnjiga tiqib yurishgan. B.da asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Mil. av. 6 — 4-a.larda B. madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, koʻproq koʻchmanchi aholi madaniyati b-nbilan bogʻliq boʻlib, adabiyotda "hayvon uslubi" (mehnat va jang qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlarini turli hayvonlar suratlari b-nbilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, oʻtroqbaqtri-yaliklar madapiyati yodgorliklarida aks etgan (q. Amudaryo xazinasi va b.). Budav-rda metall ishlash sanoati (q. Dalvarzintepa va b.), meʼmorlik (q. Kuchuk-tepa, Halʼaimir va b.), xalq ogʻzaki ijodiyoti taraqqiy etgan. B. madaniyati, ayniqsa mil. av. 1mingyillikning soʻnggi asrlarida yuksalgan (q. Xotin-rabod va b.). Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari anʼanalari taʼsirida ham boyigan. Mil. av. 2 — 1-a.larda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (yana q. [[Sopollitepa)]]. Bu davrga oid meʼmorlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va amaliy sanʼat namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa. Qalʼa-imir, Xolchayon va b. joylardan topilgan. Jan. B.dagi Bagram, Balx, Dashli, Dilbarjin, Oyxonim, Oltindilsrte-pa, Xadda (Afgʻoniston) va Taksila (Pokiston)da olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bu hakdagi maʼlumotlarni yanada boyitdi.
 
== Adabiyotlar ==
516 159

ta tahrir