Baroqxon (Shayboniy): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{Maʼnolari|Baroqxon (maʼnolari)}}
'''Baroqxon''' (haqiqiy ismi Navroʻz Ahmadxon) (? — 1556, Samarqand) — shayboniylar sulolasidan boʻlgan xon. Abulxayrxonnmng nevarasi, Toshkent hokimi Suyunchxoʻjaxonning kichik oʻgʻli. Otasining vafotidan keyin Toshkent hokimi (1525 — 51), soʻngra Movarounnahr (1551 — 56) xoni. B. yoshligida Vosifiydan sheʼriyat, musiqa, ashula, vazn va nazmdan taʼlim olgan. Ayni vaqtda chavandozlik va harbiy mashqlar b-nbilan koʻproq mashgʻul boʻlgan. B. oʻz saltanatini kengaytirish uchun koʻp harbiy yurishlar uyushtirgan. Abdullatifxon vafotidan keyin 1551 y. Samarqand taxtiga oʻtirgan va Navroʻz Ahmadxon nomi b-nbilan Movarounnahrni boshqargan. Uning nomi b-nbilan tanga pullar zarb etilgan. B. obodonchilik ishlariga eʼtibor bergan, madrasalar qurdirgan (q. Baroqxon madrasasi). Hofiz Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" asarida qayd etilishicha, B. 1556 y. Zarafshon daryosidan boshlangan Dargʻom kanalining bosh inshooti — Ravotxoʻja toʻgʻonini tuzattirish uchun kelgan va shu yerda toʻsatdan vafot etgan. B. davrida Movarounnahr b-nbilan Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlari, Hindiston, Xitoy, Sibir oʻrtasida savdo-sotiq, elchilik munosabatlari rivojlangan.
 
== Adabiyotlar ==