Bessel Fridrix Vilgelm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bessel Fridrix Vilgelm''' (1784.22.7, Minden, Germaniya — 1846.17.3, Kenigsberg)—nemis astronomi, geodezisti va matematigi. Astrometriya asoschilaridan biri. U 20 yoshligidayoq Gapley kometasi orbitasini hisoblab chiqdi. B. rahbarligida Kenigsberg untida rasadxona qurildi; u umrining oxirigacha shu rasadxona direktori boʻlib ishladi. B.ning astrometrik oʻlchashlar sohasidagi birinchi katta ishi 17-a. 40—50-y.
 
lari ingliz astronomi J. Bradleyning yulduzlar jadvalini tuzish uchun bajargan kuzatish natijalarini qayta ishlashga bagʻishlandi va u 1818 y.da "Astronomiya asoslari" nomi b-nbilan chop etildi. B. 1821—33 y.larda Reyxenbax meredian doirasida 75000 yulduz oʻrnini yuqori aniklikda oʻlchadi va "Kenigsberg jadvallari"ni tuzdi. B. birinchilar qatorida yulduzlar parallakttl, shu b-nbilan birga, ulargacha boʻlgan masofalarni aniklzdi. U Sirius va Protsion yulduzlarini bir necha yil kuzatib, bu yulduzlarning yoʻldoshlari bor, deb faraz qildi. Uning taxminlari keyinchalik tasdiqlandi: 1862 y.da Siriusning , 1896 y.da Protsionning yoʻldoshi borligi aniqlandi. B. 1831—41 y.larda rus olimi I. Ya. Bayer b-nbilan birgalikda Sharqiy Prussiyada trangulyatsiya ishlarini bajarib, meridianning bir darajasi uzunligini oʻlchab Yer sferoidi elementini aniqladi. Bu element geodeziyada 100 yilga yaqin ishlatildi va Bessel elementi deb ataldi.
 
== Adabiyotlar ==