Bezak sanʼati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bezak sanʼati''' — sanʼat turi; in-son atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. B. s. insonning xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu b-nbilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy taʼsir koʻrsatadi, in-son moddiy muhitining kurki, nafo-sati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy sohalari: meʼmorlik b-nbilan bevosita bogʻliq boʻlgan monumental bezak sanʼati, jamoatchilik va ayrim shaxslar ehtiyoji uchun badiiy buyumlar tayyorlash b-nbilan bogʻliq boʻlgan amaliy sanʼat, bayram, tomosha manzaralarini, sayrgohlarni, ekspozitsiyalarni, koʻpchilik eʼtiboriga havola qilinadigan stend, vitrinalarni bezash b-nbilan bogʻliq boʻlgan bezash sanʼati, badiiy loyihalashdan iborat boʻlgan dizayn.
 
B. s.ning rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq ijodining muhim sohasiga aylangan. U tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik sohalari, badiiy sanoat, shuningdek xalq ustalari, rassomlar, haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati b-nbilan uzviy bogʻliq ravishda rivojlanadi. Inson juda qadim zamonlardan boshlab oʻz moddiy muhitini bezatish ishtiyoqida nafosatga in-tilgan. Odamlar boʻyniga munchoq, barmogʻiga uzuk, qoʻliga bilaguzuk taqib oʻzini bezatgan, keyinchalik kiyim-kechak, turar joylarini koʻrkamlashtirishga in-tilgan. Shu tarzda asrlar mobaynida B. s . shakllangan (19-a.dan shu nom b-nbilan atalgan). B. s mahsulotlari, asarlari bi-nolar, kishilar, ularning moddiy mu-hitini, turmushda ishlatiladigan narsalarni bezatishga, koʻrkamlashtirishga xizmat qiladi, kishilarning moddiy va maʼnaviy qiziqishlarini oʻzida mujassamlashtiradi, turli tarixiy davrlarda oʻsha davrning badi-iy yoʻnalishlari, uslublari (roman uslubi, gotika, barokko, klassitsizm, romantizm va b.) unga oʻz taʼsirini koʻrsatadi. B. s. namunalari, ayniqsa, monumental B. s. asarlari koʻpchilikning eʼtiborida boʻladi, u jamiyatniig didi shakllanishida ham muhim rol oʻynaydi. Jamoat, maʼmuriy bi-nolar, saroylar, tomosha zallari, restoran, choyxonalarda naqqoshlik, oʻymakorlikdan tashqari tasviriy sanʼat koʻrinishlari (devoriy rasm, mozaika, haykaltaroshlik asari, vitraj va b.) bezak vazifasini utash b-nbilan bir qatorda maʼlum ijtimoiy gʻoyalarni qam targʻib qiladi, ifodalaydi. Jahonning eng yirik sanʼat arboblari monumental B. s. b-nbilan ham shugʻullanganlar (Leonardo da Vinchi, Rafa-el, Mikelanjelo jamoat binolarida, saroylarda oʻlmas asarlar qoldirganlar). Oʻzbekiston hududida qadimdan yirik binolar (saroy va ibodatxonalar, keyinchalik masjid va madrasalar)ga bezak berish sanʼati rivojlangan. Xalq ustalari (naqqosh, oʻymakor va b.) B.s. b-nbilan shugʻullangan. Tuproq qalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolalikte-pa va b. yodgorliklar, turli xildagi ku-lollik, kandakorlik, toʻqimachilik kabi amaliy sanʼat turlarida ana shu sanʼ-atning nodir namunalari saqlangan. Amir Temur va temuriylar davri, undan keyingi davrlarda ham B.s.ga oid nodir yodgorliklar yaratilgan.
 
20-a.da Oʻzbekistonda B.s. yanada ri-vojlandi: Navoiy va Muqimiy teatrlari binolarining foye va zallari, Toshkent metropoliteni, Xalqlar doʻstligi saroyi va b. inshootlar be-zaklari va b. Ayniqsa mustaqillikdan soʻng bu sanʼatning yangi taraqqiyot davri boshlandi. Yangi qurilayotgan meʼmoriy binolar, madaniy inshootlar (ichki va tashqi tomonlari). B.s. ning yutuqlari b-nbilan bunyod etilmoqda, bezak xususiyatlari boʻrttirilgan turli haykal va relyeflar yaratilmoqda.
 
Neʼmat Abdulpayev.