Bezgak chivinlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bezgak chivinlari''' (Anopheles) -qon soʻruvchi chivinlar urugʻi. 300 ga yaqin turi (Oʻzbekistonda 8 turi) maʼlum. 3 turi (A. sacharovi, A. superpictus, A. pulcherrimus) bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak sporalisini tarqatuvchisi hisoblanadi. Tanasining uz. 6 — 8 mm. B. ch. kun botishi b-nbilan ucha boshlaydi, kunduzi qorongʻi, sal-qin pana joylarga bekinib oladi. B. ch. qoʻnganida boshini pastga egib, qornini qoʻngan joyga nisbatan qiya burchak ostida koʻtarib turadi. Qurtlari esa tanasini gorizontal tutgan holda suvning sirtqi pardasi ostiga yopishib oladi. B. ch.ni ana shu holatiga koʻra boshqa bezgak tarqatmaydigan chivinlardan oson farq qilish mumkin, erkagi oʻsimlik shirasi b-nbilan oziqlanadi, urgʻochisining tuxumlari faqat qon soʻrgandan soʻng ri-vojlana boshlaydi. Urgʻochi B. ch. oʻlja qidirib hatto shamol esayotgan tomonga, baʼzan bir necha km masofaga uchib borishi mumkin. B. ch. yirik hayvonlar va odam qonini soʻradi. Urgʻochi chivin oʻz tana ogʻirligiga nisbatan ancha koʻproq qon soʻradi. Suvga tuxum qoʻyadi. Qurtlari suvni filtrlab oziqlanadi.
 
== Adabiyotlar ==