Bixeviorizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
B. taʼlimotiga koʻra, odamda, u tugʻilgan vaqtda nisbatan oz (kam) sonli xulqning tugʻma tizimlari (nafas olish, yutish va sh. k.) mavjud boʻladi va keyinchalik shular ustiga ancha murakkabroq xulq jarayonlari qoʻshilib boradi. Muvaffaqiyatli reaksiyalar mustahkamlanib boradi va keyinchalik ham "effekt qonuni"ning qayta tiklanishi anʼanasiga ega boʻladi. Reaksiyalarning mustahkamlanib borishi "mashklar qonuniga" boʻysunadi, yaʼni bir xil stimullarga javoban bir xil reaksiyalarning qaytaqayta takrorlanaverishi natijasida bu reaksiyalar oʻz-oʻzidan yuzaga chiqaveradigan boʻlib qoladi.
 
B. 20-a.ning 20-y.larida yuksak darajada rivojlandi. B. atamasi va tadqiqot metodikalarining asosiy gʻoyalari antropologiya, sotsiologiya va ped.ga ham tatbiq etildi. Xulqni oʻrganish borasida bir-biri b-nbilan bogʻliq bu fanlar Amerikada bixevioral fanlar deb ataladigan umumiy nom olgan. Hozir koʻp hollarda B. gʻoyalari saqlanib qolgan, 2-jahon urushidan keyin B. anʼanalari qator tadqiqotlar, shuningdek dasturli taʼlim (Skinner) deb nomlangan amerika konsepsiyalarida davom ettirilgan.
 
Hoz. zamon psixologiyasida B. jiddiy tanqid ham qilinadi. Buning sababi B.da ong , tafakkur, iroda va sh. k. asosiy tushunchalar psixologiyadan chetlashtiriladi, psixikaning ijtimoiylik tabiati inkor qilinadi va shularning oqibatida inson xulqi soddalashtirilib yuboriladi.