Georges Bizet: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
BIZE (Bizet) Jorj (1838.25.10, Parij — 1875.3.6, Bujival) — fransuz kompozitori. Parij konservatoriyasini tamomlagan (1857). Operetta, kantata, xor, kamervokal va fortepiano musiqasi, simfoniya va orkestr syuitasi, komik va lirik operalar va b. janrlarda ijod qilgan. B. fransuz mumtoz musiqasi anʼanalari b-nbilan boshqa xalqlar folklorining jonli ohanglarini chambarchas bogʻlab, oʻziga xos uslub yaratgan. Sharq mavzusiga bagʻishlangan "Marvarid izlovchilar" (1863), "Pert goʻzali" (1866), arab xalq kuylaridan ijodiy foydalanib yozilgan "Jamila" (1872) operasi, "Arlezian qizi" spektakliga yozgan musiqalari mashhur. Optimistik fojia harakteriga ega boʻlgan "Karmen" operasi (1974, P. Merime novellasi asosida) B. ijodining hamda fransuz realistik operasining choʻqqisidir. B. kuylaridan foydalanib, rus kompozitori R. Shchedrin mashhur "Karmensyuita" baletini (1967, A. Alonso librettosi) yaratgan. B.ning "Karmen" va "Marvarid izlovchilar" operalari Navoiy nomidagi Katta akademik opera va balet teatrida sahnalashtirilgan.
 
== Adabiyotlar ==