Sergey Borodin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Borodin Sergey Petrovich''' [1902. 25.9 (8), Moskva—1974. 22.6, Toshkent) — rus yozuvchisi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1973). 1941 y.gacha Amir Sargijon taxallusi b-nbilan ijod qilgan. V. Ya. Bryusov nomidagi adabiyot in-tini tugatib (1926), xalq ogʻzaki ijodi b-nbilan shugʻullangan. Buxoro, Samarqandga uyushtirilgan folkloretnografiya ekspeditsiyalarida qatnashgan (1923— 26). 1950 y.dan Toshkentda. "Soʻnggi Buxoro" (1931), "Misrlik" (1932) romanlari va "Us t a qushchi" hikoyalar toʻplami (1934) Oʻrta Osiyo xalklari hayotiga bagʻishlangan. "Samarqand osmonida yulduzlar" turkumidagi (1953— 73) asarlarida ham Oʻrta Osiyo xalqlarining 14-a. oxiri — 15-a. boshlaridagi hayoti aks ettirilgan. Biroq ularda baʼzi tarixiy shaxslar obrazi soxtalashtirilib, bir yoqlamalikka yoʻl qoʻyilgan. Tarixiy roman — "Dmitriy Donskoy" (1941) muallifi. B. ning ayrim asarlari o'zbek tilida nashr etilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
 
== Adabiyotlar ==