Bosmachilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bosmachilik''' — Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom. "Bosmachi" soʻzi aslida turkiy "bosmoq" (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida "bosmachi" deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham "bosmachilar" deyish mantiqan toʻgʻri keladi. 1918 y.ning boshidan 1919 y. oʻrtalarigacha boʻlgan arxiv hujjatlarida "bosmachi" soʻzi uchramasdan, uning oʻrniga "qaroqchi", "bosqinchi" iboralari qoʻllanilgan. 1919 y.ning oʻrtalaridan boshlab avval vaqtli matbuotda, soʻngra rasmiy hujjatlarda "bosmachi" va "bosmachilik" iboralari keng ishlatilgan. Bu iboralar milliy ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish, ajdodlarimizning sovet rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan krili kurashlarini niqoblash uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan oʻylab topilgan hamda "banditlik", "qaroqchilik" degan soʻzlar b-nbilan asossiz ravishda bir qatorga qoʻiilgan (yana q. [[Istitslolchilik harakati)]].
 
1979—89 y.larda SSSRning Afgʻonistondagi intervensiyasiga qarshi afgʻon xalqining olib borgan ozodlik kurashi qatnashchilarini ham dastlab sovet matbuoti "bosmachilar" deb nomladi. Keyinchalik oʻz vatanining mustaqilligi uchun kurashgan afgʻon mujohidlari "dushmanlar" deb ataldi.