Bosmaxona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bosmaxona''' — matbaa mahsulotlari (kitob, jurnal, gazeta, plakat, blank va b.) tayyorlaydigan sanoat korxonasi. Qadimda risolalar asosan qoʻlyozma tarzida tayyorlangan. Sharqda qoʻlyozmalarni xattotlar bejirim qilib oqqa koʻchirib, naqqoshlar bezaklar b-nbilan bezashgan, muqovasozlar varaqlarni tikib va qolipga tortib, kitob holida chiqarishgan (q. Noshirlik). Kitob bosishga doir dastlabki tajribalar Xitoyda 1041—48 y.larda amalga oshirilgan (Bi Shen).
 
Dastlabki B. Germaniyada I. Guttenberg tomonidan 1445 y. tashkil qilingan. Turkistonda birinchi bosma kitob 1868 y. Turkiston harbiy okrugi shtabi (Toshkent) B.sida chop qilindi. Birinchi rasmiy gazeta — "Turkestanskiye vedomosti" ham shtab B.sida bosila boshladi. O'zbek tilida nashr qilingan birinchi kitob Shohimardon Ibrohimovning "Kalendar" ("Taqvim") kitobi (1871) boʻldi (Sh. Ibrohimov bir necha yil "Turkiston viloyatining gazeti"da tarjimonlik qilgan, keyinroq muharrir muovini lavozimida ishlagan). 1874 y. Xiva shahrida Muhammad Rahimxon (Feruz) tomonidan litografiya (toshbosma) qurildi vauyerda 19-a. 80-y.laridayoq anchamuncha kitoblar bosildi. Unda 1880 y.da Alisher Navoiyning "Hamsa"si, shoir Munis Xorazmiyning "Devoni Munis" va "Devoni Roji" bayozlari bosilib chikdi. 1898 y. Toshkentda eski shahar markazida hoz. 1bosmaxona tashkil qilinib, bu yerda o'zbek, tojik, turkman, qozoq va qirgʻiz tillarida darsliklar chiqarila boshladi. Ayni vaqtda u matbaachi kadrlar va matbaa tashkil otchilari tayyorlaydigan markazga aylandi. Keyinchalik Toshkentda, viloyatlar va tumanlar markazlarida birinketin B.lar qurildi. Oʻzbekistonda 123 B. faoliyat koʻrsatadi (2000). Shundan "Sharq" nashriyotmatbaa aksiyadorlikjamiyati bosmaxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi ijaradagi Toshkent matbaa k-ti, rangli bosma fkasi, kitobjurnal fkasi, Birinchi Toshkent bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob fkasi, "Fan" nashriyoti bosmaxonasi va Nukus matbaa k-ti, OʻzbekBritaniya "Rastr" qoʻshma korxonasi yirik B. hisoblanadi (yana q. [[Matbaachilik sanoati)]].