Boyarlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Boyarlar''' (turkiycha bajar — amaldor, boy er, janob) — 1) 9—17-a.larda Rus davlatida mulkdorlarning oliy tabaqasi. Kiyev davlatida — urugʻqabila zodagonlari avlodi, katta drujinachilar — vassallar va knyaz dumasi aʼzolari, yirik yer egalari. Ularning oʻz vassallari boʻlib, shaxsiy daxlsizlik (immunitet) imtiyoziga hamda boshqa knyazlar huzuriga ketish huquqiga ega boʻlganlar. Hududiy tarqoqlik davrida — eng badavlat va obroʻli mulkdorlar, knyaz hokimiyatining muxoliflari. Novgorod respublikasida B. amalda davlatni boshqarganlar. 14-a.dan ularning huquqlari knyazlar tomonidan astasekin cheklab qoʻyila boshlangan. Ulugʻ knyazlar saroyida alohida boʻlimlarni, davlat hududlarini boshqarganlar. 15-a.dan Rus davlatida — davlat xizmatidagi oliy mansabdor shaxslar, B. dumasining eng katta amaldorlari, bosh maʼmuriy, sud va harbiy lavozimlarni egallaganlar, markaziy va mahalliy boshqaruv organlari (prikazlar)ga boshchilik qilganlar, voyevoda boʻlganlar. Aristokratlar tarkibiga kirganlar. B. dumasi 18-a. boshida Pyotr I tomonidan tugatilishi va dvoryanlikni joriy etilishi munosabati b-nbilan boyar unvoni bekor qilingan. 2) Ruminiyada 13—14-a.
 
larda vujudga kelgan mulkdor tabaqa. 1945 y. agrar islohot natijasida tugatilgan.