Boʻgʻozlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k CoderSIBot moved page Bo‘g‘ozlik to Boʻgʻozlik over redirect: Okinalarga almashtirildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{birlashtirishga|Boʻgʻozlik}} <!-- Bot tomonidan qo‘shildi -->
 
BOʻGʻOZLIK — urgʻochi hayvon organizmida homilani olib yurish davridagi fiziologik holat. Bu jarayon otalanishdan boshlanib yetuk homilaning tugʻilishi b-nbilan tugaydi. B. bir homilali va koʻp homilali boʻlishi mumkin. B. ning kechishiga qarab fiziologik va patologik turlarga boʻlinadi. Fiziologik B. ona va homila organizmlarida jarayonlarning meʼyorda kechishi b-nbilan tavsiflanadi. Patologik B. da ona va homila organizmida fiziologik jarayonlar buziladi va B. muddatiga yetmay tugaydi yoki homila nuqsonli tugʻiladi. Sigir, biya, tuya va b. hayvonlar boʻgʻozligi 5—6 oyligidan biqinini paypaslab va toʻgʻri ichakka qoʻl tiqib aniqlanadi. Bunda bola qattiq va qoʻzgʻaluvchan tuyuladi, emchakda sirachsimon modda hosil boʻladi. B. ning soʻnggi davrida yelin kattalashadi. Quy, echki, choʻchqa, it va b. mayda hayvonlar boʻgʻozligi biqinini paypaslab va lab.
 
da qon, siydik, sut, yungida serologik, biologik va kimyoviy oʻzgarishlarni tekshirish asosida aniqlanadi. Boʻgʻoz hayvonlarda siklik kuyukish alomatlari yoʻqoladi. Hayvonlar yuvosh, ehtiyotkor boʻlib, tez yurmaydi, ishtahasi ochiladi. B. ning soʻnggi davrida hayvon ozib, qornining oʻng tomoni nomutanosib oʻzgaradi, shoxlarining asosi ingichkalashadi. B. ning normlya borishi uchun boʻgʻoz hayvonlarni toza, yengil ozuqa b-nbilan boqish, qishda sovuq suv ichirmaslik kerak. Sigirlarning tugʻishiga 1,5—2 oy qolganda sogʻishni toʻxtatib, tagiga qalin toʻshama solib turiladi. Ish hayvonlari ogʻir ishda ishlatilmaydi.
 
Ermuhammad Toshpoʻlatov.