Brahmanizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Brahmanizm''', barahmanlik — qad. hind dini. Veda dinmasosida mil. av. 1-ming yillikning boshida paydo boʻlgan. B.ning muqaddas adabiyotiga vedalar va ularga yozilgan juda koʻp sharhlar (brahmanlar, arnyaklar, upanishadlar) kiradi. B.da veda dinidagi koʻpgina xudolarning taʼsiri deyarli yoʻqqa chiqib, asosan 3 xudo: Braxma, Shiva va Vishnu eʼtiborli hisoblangan. Brahma olamni yaratuvchi va boshqaruvchi, Vishnu — olamlarni saqlab qoluvchi va muhofaza qiluvchi, Shiva — hamma mavjudotni yakson etuvchi xudo deb tushunilgan. B.da ilgarigi totemistik tasavvurlarning qoldigʻi sifatida hayvon (sigir, maymun)larni, ayrim oʻsimliklarni va b.ni ilohiylashtirish mavjud. B.da butun borliq xayoliy boʻlib, jonli narsalar, jumladan inson ham qayta tirilish xususiyatiga ega deb qaralgan. Brahma belgilagan hayot meʼyorlari, qonunning bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab inson axloqiga baho berilgan. B. taʼlimotiga koʻra, jonni xalos qilish, uni bundan keyingi qayta paydo boʻlishdan saqlab qolishning birdanbir yoʻli jonning Brahma b-nbilan qoʻshilib ketishidir. Bunga erishmoq uchun Brahmaning ilohiy mohiyatini toʻla bilib olish, fikrni xudoga qaratish va tashqi olamdan butunlay voz kechish talab etilgan. B. ijtimoiy hayotni, jumladan davlatni ham Brahmaning ijodi, davlat arboblarini esa inson qiyofasidagi xudolar deb hisoblar edi.
 
Mil. av. 6—5-a.larda buddizm vujudga keldi va B.ga qarshi kurash olib bordi. Buddizmga qarshi kurash jarayonida va uning bevosita taʼsirida B. astasekin hinduizmta aylanib ketdi.