Bronxit: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bronxit''' — bronxlar (asosan shilliq pardasi)ning yalligʻlanishi. Nafas aʼzolarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan biri. B. oʻtkir va surunkali boʻladi. Kasallikni koʻpincha pnevmokokklar, gemolitik streptokokklar, stafilokokklar, gripp virusi, Fridlender tayoqchasi va b. keltirib chiqaradi. Sovuqqotish, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish, tamaki chekish, baʼzi kimyoviy moddalardan surunkali zaharlanish; yuqori nafas yoʻllarida infeksiya oʻchogʻi borligi (sinusit, gaymorit) ham oʻtkir B. rivojlanishiga sharoit tugʻdiradi. Kasallik quruq yoʻtal, toʻsh atrofida ogʻriq, yuqori nafas yoʻllarining oʻtkir yalligʻlanishiga xos oʻzgarishlar, tumov b-nbilan boshlanib, keyin yalligʻlanish bronxlarga tarqaladi, muskullar qaqshab ogʻriydi, koʻkrak sohasida qisilish his qilinadi, yoʻtal dastlab quruq boʻlib, keyin balgʻam ajraladi, gavda harorati koʻtariladi, gripp b-nbilan ogʻrigan bemorlarning lablariga uchuq toshadi va b. Oradan bir necha kun oʻtgach, kasallik batamom tuzaladi, baʼzan choʻzilib ketib, surunkali B.ga aylanishi mumkin. Oʻtkir B. bolalar va keksalarda ogʻir oʻtib, unga oʻpka yalligʻlanishi (zotiljam) qoʻshilishi mumkin. Surunkali B. nafas aʼzolarining eng koʻp tarqalgan kasalliklaridan. Koʻproq erkaklarda kuzatiladi. Surunkali B. birlamchi va ikkilamchi boʻlishi mumkin. Birlamchi surunkali B.da bronxlarning diffuz oʻzgarishlari kuzatiladi. U bronxoʻpka va b. aʼzolarning kasalliklariga bogʻliq boʻlmaydi. Ikkilamchi surunkali B. esa bronxoʻpka va b. sistema kasalliklari (sil, bronxoektatik kasallik, surunkali pnevmoniya, uremiya, qon aylanishi yetishmovchiligi va b.) natijasida kelib chiqadi. Yalligʻlanish xususiyatiga koʻra surunkali B. kataral va yiringli boʻladi. Belgilari: bemorni yoʻtal tutib, shilimshiqyiring aralash balgam ajraladi, hansiraydi, uning darmoni qurib, salga toliqadi, harorati koʻtariladi, koʻp terlaydi, ishlash qobiliyati pasayadi. Kataral B.da koʻpincha ertalab jismoniy mashqdan soʻng yoʻtal paydo boʻlib, balgʻam ajraladi. Kasallik yil fasliga qarab tez-tez qoʻzib turadi. B. yengil kechganida bemor uyda yoki kunduzgi statsionarda davolanadi. Oʻrindan turmay yotish, bekamu koʻst ovqatlanish, iliq ichimliklar (malina murabbosi solingan choy, mineral suvli sut va b.) ichish, oyoklarga vanna qilish bemorning ahvolini bir oz yengillashtiradi. Kasallik qoʻzigan paytda etiotrop va patogenetik davo qoʻllaniladi. Bemorni kasalxonaga yotqizish kerak. Vaqtida va toʻgʻri davo qilinsa, bemor batamom tuzalib ketadi, aks holda oʻpka emfizemasi, bronxoektaziya, yurak yetishmovchiligi kabi asoratlar qoldirishi mumkin. Davo gimnastikasi, ochiq havoda koʻproq sayr qilish tavsiya etiladi. Yalligʻlanish avj olgan davrda ovqatda vitamin va oqsillar moʻlkoʻl boʻlishi kerak, chunki balgʻam koʻp ajralganda organizm koʻp oqsil yoʻqotadi. Yuqumli kasalliklar, ayniqsa grippning oldini olish, i. ch.da changni yoʻqotish, tamaki chekishni taqiqlash, organizmni chiniqtirish, suv muolajalari B.ning oldini olish choralaridir.
 
Hayvonlarda aksariyat qora mollarda uchraydi. B.ga noqulay iqlim sharoiti, mollarning sovqotishi, sovuq suv b-nbilan sugʻorish, qoʻylarning juni olingandan soʻng yomgʻir va sovuqda, yelvizakda qolishi, mollarni toʻshamasiz sement binolarda saqlash va sifatsiz ozuqalar berilishi sabab boʻladi. B.ning belgilari: kasallik boshida hayvonlarning harorati koʻtariladi, yoʻtal, xirillash, burundan suyuqlik ajralishi, nafas olish qiyinlashib, bezgak tutishi kuzatiladi, ishtaha yoʻqoladi. Kasallik koʻkrak qafasi atrofini rentgenoskopiya va rentgenografiya qilish yoʻli b-nbilan aniklanadi.
 
Davosi: balgʻam koʻchiruvchi preparatlar, antibiotiklar: neomitsin, monomitsin, fradizin, trimerazin, tribsin, sulfanilamid beriladi, skipidar b-nbilan ingalyatsiya qilinadi.
 
Oldini olish: mollarni saqlashda zoogigiyena meʼyorlariga rioya qilish.