Bumin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Bumin''' (Xitoy tarixiy manbalarida "Tumin") (?—553.7.3) — Turk xoqonligi asoschisi va uning birinchi hukmdori (552—553). Jujan xonligita tobe ashshshurugʻi (maʼdan qazish, temir eritish va undan qurolyarogʻlar yasash b-nbilan shugʻullangan)ning sardori. B. 550 y. Xon Anaxuan (520—552) b-nbilan ixtiloflashish maqsadida ataylab uning qizini oʻziga xotinlikka soʻratadi. Shunda Anaxuan dargʻazab boʻlib: "Sen mening bir temir erituvchim boʻla turib, bunga qanday jurʼat etding!" — deb javob qiladi. B. xonning mazkur javobini keltirgan kishini qatl qilib, tezlikda Gʻarbiy Vey imperiyasi hukmdori Vendi b-nbilan yashirincha harbiy ittifoq tuzadida, uning qizi Chanlega uylanadi (551). Soʻng , B. 552 y. qishida toʻsatdan jujanlarga hujum qilib, ularni tormor keltiradi. Anaxuan magʻlubiyat alamiga chidolmay oʻzini oʻzi oʻldiradi, uning oʻgʻli — taxt vorisi Yanluchen esa jujanlar ittifoqchisi boʻlmish Si imperatori huzuriga qochadi. Shunday qilib, B. "elxon" unvoni b-nbilan ilk Turk xoqonligi taxtiga oʻtiradi. Ad.: Bichurin N. Ya., Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, M. L., 1950; Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967.
 
== Adabiyotlar ==