Buryatiya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 9:
Aholisi. B.da 60 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Buryatlar aholining 25%, ruslar 70%ni tashkil etadi, shuningdek ukrainlar, tatarlar va b. ham yashaydi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 3 kishi. Aholining 60% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: UlanUde, Kyaxta, Zakamensk, Gusinoozyorsk.
Tarixi. B. hududidan yuqori paleolit davriga mansub arxeologik yodgorliklar topilgan. Oʻsha davrda odamlar ibtidoiy jamoa tartibida yashab, ovchilik
Xoʻjaligi. B.da mashinasozlik va metall ishlash tarmoklari rivojlangan. Jumladan, aviatsiya sanoati (Mi8, Mi17 vertolyotlarini ishlab chikaruvchi UlanUde aviatsiya i. ch. birlashmasi), transport mashinasozligi (lokomotivvagon taʼmir z-di), priborsozlik (avtomatlashtirish priborlari va vositalarini ishlab chiqaruvchi "Teplopribor" z-di), chorvachilik uchun mashina va asbobuskunalar ("Buryatfermmash" birlashmasi), oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz sanoati ("Zabaykalles" konserni, Selenga sellyulozakarton k-ti), binokorlik materiallari sanoati (Timlyuy sement va asbest buyumlar z-di) korxonalari bor. Yengil sanoatda "UlanUde manufakturasi" aksiyadorlik birlashmasi, UlanUde ustki trikotaj kiyimlar fkasi eng yirik korxonalardir. Oziq-ovqat sanoati korxonalari UlanUde, Zakamemsk. UstBarguzin, Nijneangarskda joylashgan. Mudofaa korxonalarida xalq isteʼmol mollari: aviatsiya z-dida kir yuvish mashinalari, priborsozlik birlashmasida tibbiyot asboblari, radio z-dida audio va videopriyomniklar ishlab chiqariladi. Gusinoozersk davlat elektr st-yasi va UlanUdeda 2 issiklik elektr st-yasi bor.
Q. x.da mayin junli qoʻychilik, goʻsht-sut, goʻsht chorvachiligi yetakchi tarmoqlardir. Qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, parrandachilik, hayvonotchilik, bugʻuchilik hamda moʻynali hayvonlarni ovlash rivojlangan. B. jan.da va Barguzin daryosi vodiysida dehqonchilik qilinadi; donli ekinlar, asosan bahori bugʻdoy, suli va arpa ekiladi. Asosiy transport turi — t. y. (uz. 1200 km, yuk aylanmasining 80%). B. jan.dan Transsibir t. y., shim.dan BaykalAmur magistrali (BAM) oʻtadi. Respublika hududining har 10 ming km2ga 34 km t. y. toʻgʻri keladi. T. y. UlanUdeni Mongoliyaning UlanBator va XXRning Pekin sh.lari
Tashqi savdo aylanmasi 190 mln. AQSH dollariga yaqin. B. hududida 100 dan ortiq qoʻshma korxonaga 20 mamlakat sarmoya sarflagan. Dunyodaga 60 davlat, jumladan, Xitoy, Mongoliya, Italiya, Litva, Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va b.
Maorifi va fani. B.da 4 oliy (20 mingdan ortiq talaba) va 20 oʻrta maxsus (16 mingga yaqin talaba) oʻquv yurti, 6 kollej, 44 boshlangʻich hunar taʼlimi oʻquv yurti, 602 oʻrta umumiy taʼlim maktabi (191 ming oʻquvchi), litsey va gimnaziyalar faoliyat koʻrsatadi. Sharqiy Sibir texnologiya unti, B. ilmiy markazi bor.
|