Buyrak yetishmovchiligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Buyrak yetishmovchiligi''' — buyrak faoliyatining pasayishi sindromi. Toʻsatdan (oʻtkir) yoki sekin-asta (surunkali) roʻy beradi. Koʻp qon yoʻqotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi yoki bemorning qon guruhiga moye kelmaydigan qon quyish, tok urishi, septik abort va b.; dorilar va b. metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi; siydik yoʻlining oʻsma yoki buyrak toshlari b-nbilan bekilib qolishi, shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi oʻtkir B. ye.ga sabab boʻlishi mumkin. Oʻtkir B. ye.da buyrak faoliyati, xususan azot, suvtuz va b. moddalar almashinuvi izdan chiqadi, bunda siydik kam ajraladi, ogir hollarda butunlay ajralmay qoladi (anuriya, uremiya). Qonda siydikchil (mochevina) mikdori koʻpayadi, organizmning siydikdan zaharlanishi kuzatiladi; teri osti, qorin va koʻkrak qafasida suyuqlik toʻplanadi (suvdan semirish). Surunkali B. ye. asosan buyrak va siydik yoʻlining uzoq davom etadigan kasalliklari (glomerulonefrit, piyelonefrit, sil, buyraktosh kasalligi va b.) oqibati boʻlib, buyrak toʻqimasining bujmayishi (nefroskleroz) yoki xaltasimon kengayishi (gidronefroz) b-nbilan davom etadi. Tashnalik, ogʻiz qurishi, teri qurukshab qichishishi, qusish, kamqonlik; nafas aʼzolari, yuraktomirlar va meʼdaichak faoliyatining buzilishi alomatlari kuzatiladi. Siydikning nisbiy zichligi kamayib, miqdori esa ortadi.
 
Davosi: oʻtkir B. ye.da bemor kasalxonada davolanadi ("sunʼiy buyrak" apparati b-nbilan qon tozalanadi, kislotaishqor, suvtuz almashinuvi rostlanadi); surunkali shaklida parhez va dori-darmonlar qoʻllaniladi, gemodializ oʻtkaziladi. Kechiktirilgan hollarda buyrak koʻchirib oʻtkaziladi (q. Transplantatsiya).
 
== Adabiyotlar ==