Dan tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Dan tili''' — danlar tili. German tillari guruhining Skandinaviya (Shim. Germaniya) shoxobchasiga kiradi. Daniyaning rasmiy tili boʻlib, unda 5,0 mln.
 
ga yaqin kishi soʻzlashadi. 16— 19-a.larda D.t. Norvegiyada ham rasmiy va soʻzlashuv tili boʻlgan. Tarixda D.t.ning 3 davri farqlanadi: umumskandinaviya asos tili (3—9-a. lar), eski D. t. (9—16-a.lar) va yangi D. t. (16-a. dan keyingi davr). D.t.dagi qad. yozma yodgorliklar "runik" yozuvda boʻlib, 9-a.ga taalluqyai. Bu vaqtga kelib eski D. t. boshqa skandinav tillardan farq qila boshlagan. 18-a.ga kelib, hoz. adabiy D.t. shakllandi. Adabiy D.t. zeland dialekti asosida yuzaga kelgan. Hoz. adabiy D.t. uchun analitik qurilish xos, fonetikasida choʻziq va qisqa unlilar mavjud (10 juft). Undoshlar faqat qisqa. Grammatikasida otlar birlik va koʻplikda keladi, umumiy va qaratqich kelishigida turlanadi. Gap qurilishi uchun 2 tarkiblilik va asosiy boʻlaklar — ega va kesimning aniq oʻringa egaligi xos. Yangi soʻzlar turli soʻz yasovchi qoʻshimchalar, shuningdek, soʻzlarni qoʻshish yoʻli b-nbilan yasaladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.
 
== Adabiyot ==