Davlat boshqaruvi akademiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi''', Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi — rahbar xodimlarni tayyorlovchi va kayta tayyorlovchi, ular malakasini oshiruvchi oʻquv-usuliy va ilmiy markaz. OʻzR Prezidentining 1995 y. 19 apr. farmoniga muvofiq tashkil qilingan. Asosiy vazifasi — hokimliklar va boshqaruv organlari rahbar xodimlari, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, xoʻjalik tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, oʻrta boʻgʻin boshqaruv organlari, tadbirkorlik tuzilmalarining oliy toifali zamonaviy mutaxassislari va rahbarlarini oʻqitish, tarbiyalash. Akademiyada 10 va 12,5 oylik tayyorlash, 3 oylik qayta tayyorlash hamda 1 oylik malaka oshirish kurslari tuzilgan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida esa 5—10 kunlik seminarlar yoʻlga qoʻyilgan. 3 ta f-t faoliyat koʻrsatadi: 1) davlat va jamiyat qurilishi; 2) bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari; 3) davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar. Bu f-tlar tarkibida 12 ta kafedra ish olib boradi. Oʻquv dasturlari AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va b. mamlakatlarning taʼlim tizimlari andozalariga muvofiq tartibda ishlab chiqilgan. Dasturlar 4 moduldan iborat: asosiy kurslar; mutaxassislik kurslari; informatsion boshqarish tizimi; magistrlik dissertatsiyalari loyihalarini tayyorlash va himoya qilish. Akademiya 10 va 12,5 oylik kurslarini bitiruvchilarga tanlagan mutaxassisliklari boʻyicha magistr diplomi beriladi. Kafedralarda kunduzgi, sirtqi aspirantura va doktoranturalarda ilmiy xodimlar tayyorlanadi. Oʻquv jarayonlarini tashkil qilish ishlariga respublikaning yetuk oʻqituvchi-prof.lari jalb etilgan. Asosiy ilmiy yoʻnalishlar islohotlar jarayoni konsepsiyalarini yaratish, maorif tizimini isloh qilish uchun tavsiyanomalar ishlab chiqish, rahbar kadrlar tizimini tayyorlashda ilmiy tavsiyalar b-nbilan ishtirok etishga qaratilgan. Koʻplab xorijiy tashkilotlar b-nbilan aloqalar oʻrnatilgan. Oʻquv jarayonlarida AKSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Moldova, Eron, Malayziya, Jan. Koreya, Xitoy va b. davlatlar elchixonalarining rahbarlari maʼruza, suhbat oʻtkazadilar va amaliy mashgʻulotlarda qatnashadilar. Oʻqituvchilar, tinglovchilar, aspirantlar, doktorantlar hamda tadqiqotchilarning malaka oshirishi, tajriba almashishi uchun xorijiy davlatlar oʻquv yurtlariga yuborish yoki u yerlardan malakali mutaxassislarni taklif etish yoʻlga qoʻyilgan. Akademiya hududida joylashgan "Konrad Adenauer", OʻzR "Us toz" jamgʻarmalari, TASIS, Jurnalistlarni qayta tayyorlovchi xalqaro jamoatchilik markazi kabi tashkilotlar b-nbilan mustahkam hamkorlik oʻrnatilgan. Akademiyaga tinglovchilarni qabul komissiyasi qabul qiladi. Mutaxassislar tayyorlash manfaatdor korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda alohida shaxslar b-nbilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Boshqa davlatlar fuqarolari ham shartnomaga binoan oʻqitiladi.
 
Akademiya huzurida i.t. va oʻquvusuliy muassasasi — Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi tashkil qilingan (1996 y. sent.). Markaz 3 jildli ("Turkiston chor mustamlakachiligi davrida", "Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida", "Mustaqil Oʻzbekiston tarixi") Oʻzbekistonning yangi tarixi, "Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti" kitoblarini tayyorlab, chop ettirdi (2000). Akademiya nashriyoti ilmiy, ilmiy ommabop va b. turdagi nashrlarni, "Jamiyat va boshqaruv" jur.
 
ni chop etadi, har 3 oyda bir marta axborot byulletenini chikaradi. Akademiyaning 25 mingdan ortiq adabiyotlar b-nbilan taʼminlangan zamonaviy kutubxonasi, kompyuter markazi, mehmonxonasi, tibbiyot boʻlimi, restoran, sport, trenajer zallari bor.
 
Rustam Jumayev.