Abdusalom Pirmuhammadzoda Dehotiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Dehotiy Abdusalom Pirmuhammadzoda''' (1911.14.3, Samarqand yaqinidagi Bogʻi Maydon qishlogʻi — 1962.30.1, Dushanba) — tojik shoiri, dramaturg . Asarlarida "Pirmuhammadzoda", "Navqalam", "Hardamxayol", "Dehotiy" taxalluslarini koʻllagan. Oʻzbekiston ped. akademiyasida tahsil koʻrgan (1930—31). Faoliyatini "Haqiqati Oʻzbekiston" gaz. (1931—34)da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand boʻlimida ishlagan (1934—35). Ilk hikoyasi — "Baxtiqaro Hamida" (1929). "Uch manzara" (1932), "Mehnat qoʻshiklari" (1934), "Sheʼrlar va hikoyalar" (1940), "Tanlangan sheʼrlar" (1949) toʻplamlari bor. "Vose qoʻzgʻoloni" operasining librettosi (M. Tursunzoda b-nbilan hamkorlikda, 1938), "Togʻdagi nur" (1947) hamda "Komde va Mudan" (1951—53) dramalarini yozgan. D. tojik xalq ogʻzaki ijodiga oid "Tojik xalq yumori" (1938) kitobi hamda oʻzbek shoirlari xaqidagi maqolalar ("Junaydulla Maxdum Hoziq", 1940; "Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy", 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng "Shohi soʻzana" (1953), B. Rahmonovning "Yurak sirlari" dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat sheʼrlarini tojik tilita tarjima qilgan.
 
== Adabiyot ==