Den Syaopin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Den syaopin''' (1904, Sichuan - 1997, Pekin) — Xitoy davlat va siyosat arbobi, Xitoy Kompartiyam (XKP) maslahatchilar Markaziy komissiyasining raisi (1982—87). XXR Markaziy har-biy kengashi raisi (1983—90). 1975— 76 va 1977—82 y.larda XKP Markaziy Komiteti raisining oʻrinbosari. XKP MK bosh kotibi (1956—66). XXR Davlat maʼmuriy kengashi bosh vazirining oʻrinbosari (1952—54), XXR Davlat kengashi bosh vazirining oʻrinbosari (1954-66). XKP MK Harbiy kengashining raisi (1981—89). "Madaniy in-qilob" davrida (1966—76) "Mao Szedunga qarshi qaratilgan yoʻlni oʻtkazganligi" uchun D. S. taʼqibga uchragan va surgun qilingan. Mao Szedun oʻlimidan keyin (1976 y. sent.) rahbarlik ishiga qaytarildi va avvalgi hamma la-vozimlariga tiklandi (1977). XKP MK ll-chaqiriq 3-plenumida (1978 y.dek.) D. S. tashabbusi b-nbilan mamlakat miqyosida tub iqtisodiy islohotlar oʻtkazish, bozor tizimini yaratish, xorijiy mamlakatlar b-nbilan savdo, sanoat, moliya sohalarida hamkorlikni keng yoʻlga qoʻyish va b. yirik tadbirlar majmui ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirila boshlandi. D. S. butun dunyoda "Xitoyni qayta qurish meʼmori", "Xitoy islohotining otasi" sifatida tan olindi. Uning Xitoyda bozor munosabatlarini karor toptirishga oid fikrlari "Hozirgi Xitoyning asosiy masalalari" kitobida (1988) bayon qilingan.
 
== Adabiyot ==