Dinara togʻligi — versiyalar orasidagi farq

k
imlo
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (imlo)
'''Dinara togʻligi''' - Bolqon ya. o.ning shim.-gʻarbidagi togʻlik. Xorvatiya, Bosniya-Gersegovina, Chernogoriya va Albaniya hududida. Uz. 650 km, eni 230 km. Oʻrtacha balandlikdagi togʻlik, eng baland joyi 2692 m (Yezersa togʻi). Asosiy tizmalar (Velebit, Dinara, Durmitor, Kopaonik va b.) Adriatika dengizi sohili boʻylab, shim.-gʻarbdan jan.sharqqa choʻzilgan, uning eng baland sohil qismi dengizga tik tushgan. D. t.ning shim.-gʻarbiy qismi ohaktoshlardan tashkil topgan, karst keng tarqalgan, sharqiy qismi slanets va qumtoshlardan iborat. Iqlimi sohil qismida subtropik, sharqida moʻʼtadil. Iyulning oʻrtacha t-rasi 15—20°, togʻlarda qish sovuq (—18°). Yanv.ning oʻrtacha t-rasi — 2° dan —8° gacha. Yillik yogʻin 1000—3000 mm, Kotora buxtasida 4000 mm gacha, togʻlarda 500—700 mm. Sharqiy qismida dub, qoraqayin va igna bargli oʻrmonlar bor. Dengiz boʻyidagi togʻ yon bagʻirlari butazor, doim yashil oʻrmonlar b-nbilan qoplangan, togʻ tepalarida karstli yalangliklar uchraydi. D. t.da bir qancha maydonlar davlat qoʻriqxonalari deb eʼlon qilingan. Togʻlikning gʻar-biy. qismida boksit, qoʻngʻir koʻmir, sharqida temir rudasi, mis, qalay, marganets, surma konlari bor.
 
== Adabiyot ==
516 159

ta tahrir