Dispers sistemalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Dispers sistemalar''' - ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar. Odatda, fazalardan biri uzluksiz dispersion muhit hosil qilib, boshqa fazalar (bir yoki bir nechta dispersion fazalar) esa shu muhitda mayda kristallar, qattiq amorf zarralar, tomchilar yoki pu-fakchalar shaklida bir tekis tarqaladi. D. s. murakkab tuzilishga ega boʻli-shi ham mumkin, uzluksiz dispersion muhit hosil qila oladigan, bir-birining hajmiga singib ketgan ikki fazadan iborat sistema bunga misol boʻla oladi. D. s. zarralarning katta-kichikligiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: 1) dispers faza zarralari 1 mkm va undan katta boʻlgan dagʻal D. s. (suspenziya, tutun, tuman, emulsiya va b,); 2) dispers faza zarralari 1 nm dan 1 mkm gacha boʻlgan kolloid sistemalar. Dispers faza zarralari 1 nm gacha (atomlar va kichik molekulalar oʻlcha-miga teng) boʻlgan zarralardan tuzilgan sistemalar chin eritmalarni tashkil etadi. D. s.ning fizik-kimyoviy xossalari dispers faza b-nbilan dispersion muhit orasidagi molekulalararo bogʻlanishga hamda ular orasida hosil boʻladigan yuzaga bogʻliq. D. s.ning xossalari kolloid kimyova oʻrganiladi.
 
== Adabiyot ==