Dogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 109:
Tarixi. D. hududida odam paleolit davridan boshlab yashab keladi. Mil. av. 1-ming yillikning oxirlarida D. aholisi Ozarbayjon hududida vujudga kelgan yirik davlat — Kavkaz Albaniyasi fuqaroligiga oʻtgan. Mil. 3-a.da jan. D.ni sosoniylar bosib olgan. 4-a.
 
ga kelib Kaspiy sohillarini gunnlar egallagan. 664 y. D.ni arablar egallab, aholi islom dinini qabul qilgan. 11a. oʻrtalarida Ozarbayjonni va D.ning koʻpgina qismini saljuqiylar bosib oldi. 12-a. oxirida Avar xonligi degan yirik davlat vujudga keldi. 13-a.ning 20-y.larida D.ga moʻgʻullar bostirib kirdi va mamlakat uzoq yillar Oltin Oʻrda zulmi ostida yashadi. Markazlashgan rus davlati tashkil topgach (16-a. oʻrtalarida), Rossiyaning D.ga qiziqishi oshdi. 1722 y. Pyotr I qoʻshinlari D.ning dengiz sohillarini bosib oldi. Ganja shartnomasi (1735) dan soʻng bu joylar Eronga topshirildi. Guliston sulh shartnomasi (1813)ga binoan D. Rossiya qaramogʻiga oʻtdi. Ammo podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati togʻliklarning qoʻzgʻolonlariga sabab boʻldi. 19-a.ning 30-y.larida muridlik bayrogʻi ostida togʻliklarning mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik harakati boshlandi. Harakatga D. va Checheniston imomlari — Gʻozi Muhammad, Hamzatbek va Shomil rahbarlik qildi. Kavkaz urushlari (1817—64) natijasida qoʻzgʻolon bostirildi. 19-a. oʻrtalarida, ayniqsa 90-y.larda D.da bochkasozlik, neft haydash z-dlari, arqon va qogʻoz f-kalari, bosmaxona va b. vujudga keldi, 20-a. boshlarida korxonalar koʻpaydi. 1917 y. 1 dek.da Petrovsk-Portdagi mitingda Shoʻro hokimiyati oʻrnatilganligi eʼlon qilindi. Ammo, 1918—20 y.larda nemis-turk qoʻshinlari va oq gvardiyachilar uni bosib oldilar. 1920 y. mart oyida qizil armiya kuchi b-nbilan D.da yana Shoʻro hokimiyati tiklandi.
 
1920 y. 13 noyab.da D. xalqlarining favqulodda qurultoyida bolsheviklarnkng tazyiqi b-nbilan Shoʻro muxtoriyatini tuzish haqida qaror qabul qilindi. 1921 y. 20yanv.da Butun Rossiya MIK dekreti b-nbilan RSFSR tarkibida Dogʻiston ASSR tashkil qilindi. Shu davrdan to 1991 y. maygacha D.dagi iqtisodiy taraqqiyot, maorif, fan va madaniyatning rivoji bir yoqlama yoʻldan bordi.1991 y. maydan D. Respublikasi deb nomlandi.
 
1970 y. 14 may kuni D.da qattiq zilzila boʻldi. Tabiiy ofat shahar va qishloqlarga katta ziyon yetkazdi. Shu munosabat b-nbilan Oʻzbekiston ham D.da uy-joy qurilishi ishlarida katta yordam koʻrsatdi. D.dagi "Oʻzbekiston" mikrorayoni oʻzbek va D. xalqlari doʻstligining ramzidir.
 
Xoʻjaligi. Sanoat mahsulotining 80% oziq-ovqat, mashinasozlik, yengil sanoat (gilamdoʻzlik)ga toʻgʻri keladi. Iqtisodiyotida elektr energetika va neft chiqarish, qurilish materiallari, kimyo sanoati ham muhim rol oʻynaydi. Eng yirik elektr stansiyalari — Chiryurtov GES, Gergebil GES va Chirkey GES. Tabiiy gaz qazib olinadi. Terek-Kuma pasttekisligining shim. da neft va gaz konlari bor. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalarida (Maxachqala, Izberbash, Darband, Qizilyurt, Buynaksk) metall qirquvchi stanoklar, kema mexanizmlari, dizellar, elektrotermik asboblar, elektrotexnika apparatlari, separatorlar, nasoslar, turli xil pribor va avtomatika vositalari ishlab chiqariladi. Kurilish materiallari sanoati yirik shisha zdi, uysozlik k-ti va temir-beton konstruksiyalari zdidan iborat. Kimyo sanoati korxonalari (Maxachkala) lok, boʻyoq va shisha tola ishlab chiqaradi. Chiryurtovda yirik fosfor tuzlari zdi bor. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Toʻqimachilik (asosan ip va jun gazlama), trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal sanoati ham mavjud. D. gilam toʻqish, zargarlik va b. b-nbilan azaldan mashhur.
 
Q. x. bogʻdorchilik, tokchilik va gʻalla (bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, sholi) yetishtirishga ixtisoslashtirilgan. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrinni egallaydi. Koʻproq goʻsht-jun beradigan qoʻylar boqiladi, mayin junli qoʻylar ham koʻp.
 
T. y.lar uz. 435 km, avtomobil yoʻllari uz. 9600 km. Havo transporti Maxachqalani boshqa shaharlar b-nbilan bogʻlaydi. Maxachqala yirik dengiz porti hamdir.
 
Sogʻliqni saqlash. D.da 10 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar, ambulatoriya-poliklinika yordami koʻrsatadigan muassasa, 7,7 ming vrach (10 ming kishiga 40,1 vrach) ishlaydi. Bir necha sanatoriy va dam olish uyi, 100 ga yaqin shifobaxsh suv manbai, Talgi kurorti hamda Maxachkala, Richalsuv, Gunib, Buynaksk kabi oromgohlar bor.
Qator 133:
20-a.da S. Stalskiy, Hamzat Sadasa, S. Gabiyev, G. Saidov, 3. Botirmirzayev, P. Nurov, A. Iminogʻayev, Hoji Axtinskiy, tloxlik Muhammad kabi shoir va yozuvchilar ijod qildi. Drama asarlari yaratila boshladi (G. Saidovning "Miskarlar", 3. Botirmirzayevning pyesalari va b.). 20—30-y.larda avar 3. Gajiyev, dargʻin R. Nurov, A. Iminogʻayev, qoʻmiq A. P. Salavatov, A. Magomedov, B. Ostemirov, T. Boybula-tov, lak I. Qurbonaliyev, M. Charinov, lazgin A. Fataxov kabi ijodkorlar yetuk badiiy asarlar yaratishdi.
 
2-jahon urushi yillarida H. Sadasa, Qoziya Ali, A. Gʻafurov, A. Ajiyev, A. V. Sulaymonov, Yu. Xappalayev kabi shoirlar xalqni fashistlarga qarshi kurashga chaqirdi. Urushdan keyingi yillarda D. adabiyotining koʻlami kengaydi, xilmaxil badiiy shakl, uslub va janrlar vujudga keldi. D. xalq shoiri R. Hamzatov "Tugʻilgan kunim", "Qalbim togʻlarda", "Togʻ qizi" kabi dostonlari, joʻshqin sheʼrlari b-nbilan dunyoga mashhur boʻldi. Keyingi davrda Fazu Aliyeva, A. Saidov, S. Rabadanov, G. Bagandov, S. Izgiyayev, M. Otaboyeva, M. Aminovlar barakali ijod qildilar. D.da bolalar adabiyoti ham rivoj topdi (R. Rashidov "Men xush koʻrgan bolalar", "Ovulimizga qish keldi"; R. Hamzatov "Bobom"; 3. Gajiyev "Vodiy qushchalari", "Qorbobo togʻda"; A. Magomayev "Bobo va nabira"; D. Atnilov "Birinchi dars" va b. toʻplamlar). Dramaturgiyada ham yetuk asarlar yuzaga keldi (M. Aliyev "Ramazonovlar oilasi"; M. Gairbekova "Uchrashuv"; A. Ajamatov "Kelinlar"; T. Xuryugskiy "Oshiq Sayd"; A. Qurbonov "Qaytmasning toʻyi"; G. Rustamov "Rayhon" va b.). D. adabiyotida barcha adabiy janrlar, jumladan, kinodramaturgiya (Ahmadjon Abu Bakar "Bulutlar tarqaldi", "Adam va Xeva") va adabiyotshunoslik rivojlangan.
 
S. Stalskiy sheʼrlari, R. Hamzatovning "Yuksak yulduzlar" sheʼrlar toʻplami va "Dogʻistonim" asari oʻzbek kitobxonlarining ham mulki boʻlib qoldi.
Qator 143:
larda uylar togʻlarda toshdan, tekislikda somonli loydan qurilib, asosan ichki bezagiga (naqshlar, yogʻoch oʻymakorligi va b.) ahamiyat berilgan.
 
20-a.da uylarning tashqarisini uymakori naqshlar b-nbilan bezash avj olgan. 19—20-a.larda D.da rus klassitsizma. uslubida binolar barpo etildi. Keyingi davrda eski shaharlar qayta qurildi, koʻplab maishiy-maʼmuriy va turar joy binolar (Maxachqalada — hukumat uyi, meʼmor A. M. Alxazov; "Dogʻiston" mehmonxonasi, meʼmor G. Grimm; Drama teatri, meʼmor G. Ya. Movchan va b.) zamonaviy uslubda yaratildi.
 
D. hududida neolit va jez davrlariga oid sopol buyumlar, naqshlangan toshlar, badiiy metall buyumlar topilgan. Oʻrta asrlarda togdagi ovullarning kupi hunarmandlik buyumlari ishlashda turli sohalar boʻyicha ixtisoslashgan. Koʻp tumanlarda gilam, guldor paypoklar juda qadimdan toʻqiladi.
Qator 149:
20-a.ning 2-yarmida tasviriy sanʼat rivojlandi. Rassomlardan M. A. Jamol, Yu. A. Moʻllayev, haykaltarosh X. N. Asqarsarija D. tasviriy sanʼatiga asos soldilar. 1950—60-y.lardan A. I. Avgustovich, K. A. Murzabekov, A. I. Sharipov, aka-uka Sungurovlar kabi rassomlar ijod qila boshladi. 1959 y. Maxachqalada M. A. Jamol nomidagi Badiiy sanʼat bilim yurti ochilgan.
 
Musiqada qahramonlikni kuylash alohida oʻrinda turadi. Mehnat va muhabbatni madh etish odat tusiga kirib qolgan. Puflama sozlardan — zurna, duduk, balaban, kshul, torli musiqa asboblaridan — yogʻoch-qoʻmuz, tara, tamur, saz, kamancha, urma cholgʻulardan — tep, gaval, diplipito, shuningdek, bayan, balalayka, mandolina, skripka, gitara, klarnet kabi xilma-xil cholgʻu asboblari joʻrnavozligida kuylash odat tusiga kirgan. Lezginkalar b-nbilan birga shoʻx raqslar koʻp tarqalgan. Ustozona musiqa namoyandalari (lazgin va laklarda — oshiq, qoʻmiqlarda — yirchi, avarlarda — shoir, kochoxon, dargʻinlarda — dalalayla yoki usta)ning ijodi anʼanaviy musiqa sanʼatining asosiy qismini tashkil etadi.
 
D.da musiqa bilim yurti, simfonik orkestr, xalq cholgʻu asboblari orkestri, ashula va raqs ansambli, filarmoniya, musiqa bilim yurti va bir necha musiqa maktabi mavjud.