Dori: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 3:
Taʼsiriga koʻra, yurak D.lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa D.lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan D.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa D.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. D.larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha D.ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin. Shuning uchun D.ni faqat vrach buyurgan dozada qabul qilish kerak.
 
D.lar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl b-nbilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi D.lar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (q. [[Kumulyasiya]]). D.ni koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz D.larni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan D.lar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va b. orqali chiqib ketadi.
 
D.lar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir D.ni yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan D.lar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati b-nbilan qabul qilish zarur.
 
Oʻzuv Zokirov.