Dushanbe: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 38:
Hisor vodiysida, Varzob daryosining dengiz sathidan 750—930 m balandlikdagi keng terrasalarida joylashgan. D.ni Varzob daryosi shim,dan jan.ga, Kofarnihon daryosi shark,dan gʻarbga kesib oʻtgan. Termiz—Dushanba va Dushanba—Kofarnihon t.y. va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Iqlimi kontinental. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi G, iyulniki 28°, yiliga 625—630 mm yogʻin yogʻadi. Mayd. 125 km2. Aholisi 512,5 ming kishi (1997). D.da 4 ta shahar tumani bor.
 
D.— Tojikistonning yirik sanoat markazi, respublika sanoat i.ch.ning kariyb 1/3 qismi joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, toʻqimachilik mashinasozligi, q.x. mashinasozligi, savdo mashinasozligi, roʻzgʻor sovitkichlari, armaturalar, "Tojikkabel", yoʻl qurish mashinalari remonti z-dlari mavjud. Qurilish materiallari (sement, yogʻochsozlik korxonalari, uysozlik k-ti, temir-beton konstruksiyalar z-di) ishlab chiqariladi. Shahar sanoatida yengil (tikuvchilik, koʻn poyabzal, ip gazlama, trikotaj, shoyi f-kalari) va oziq-ovqat, (sut k-ti, qandolatchilik, tamaki f-kalari, vino, pivo, non, yogʻ-moy z-dlari) sanoati korxonalari ham salmoqli oʻrin tutadi. D.ni Dushanba-Vaxsh energetika sistemasi (shahar issiklik elektr markazi, Norak, Perepadnaya, Markaziy, Bosh GESlar va Varzobdagi GESlar) elektr energiya b-nbilan taʼ-minlab turadi. Shahar ichida avtobus va trolleybus qatnaydi.
 
D. dastlab Varzob daryosining boʻyidagi uchta kichik yondosh qishloq — Sariosiyo, Shohmansur va Dushanba oʻrnida paydo boʻlgan, bulardan eng yirigi Dushanba qishlogʻi edi. Shahar hududidan yunon-baqtriya davri (mil.av. 2-a.)ga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. Qoʻlyozmalarda Dushanba qishlogʻi 17-a. boshidan tilga olingan. 1924 y.dan To-jikiston Muxtor respublikasi poytaxti (1925 y.dan shahar). 1926 y. D. aholisi 5,6 ming kishi boʻlgan. Keyingi yillarda D.da koʻplab chiroyli maʼmuriy, oʻquv, madaniy va maishiy bi-nolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, S. Ayniy nomidagi opera va balet teatri, Firdavsiy nomidagi respublika millim kutubxonasi, "Tojikkon-sert", Borbad nomidagi kinokonsert zali, "Dushanba", "Tojikiston" meh-monxonalari, Tojikiston davlat millii un-ti, aerovokzal, "Rohat", "Saodat" choyxonalari, "Sadbarg" maishiy xizmat uyi, Kasaba uyushmalari Sa-royi, yozuvchilar uyi) va koʻp kavatli turar joy binolari qurilgan. Vaxdat, Gʻalaba, Vokzal oddi maydonlari, Ayniy nomidagi bogʻ bor. Tojik mumtoz adabiyoti ayeoschisi Abu Abdullo Rudakiyga, Abu Ali ibn Sino va Sadriddin Ayniyga haykal oʻrnatilgan, Ayniy va Mirzo Tursunzodaga makbara barpo qilingan. Botanika bogʻi, mineralogiya muzeyi va b. bor.