Gafniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gafniy''' (lot. Hafnium), Hf - Mendeleev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element; tartib raqami 72, at.m. 178,49. Massasi Hf74, Hf176, Hf", Hf78, Hf" va Hf180 ga teng izotoplar aralashmasidan tashkil topgan. Sunʼiy izotoplaridan eng muhimlari Hf7S va Hf". Gollandiya olimi D. Koster va Vengriya olimi G. Xeveshi 1923 y.da bu elementni erkin holda oldilar va Kopengagen (lot. Hafhia) shahri sharafiga G. deb atadilar. G. tarqoq element, asosai sirkoniy minerallariga aralashgan holda uchraydi. Ogʻirlik jihatidan Yer poʻstining (3—4) 10~4% ini tashkil etadi. U kumushdek kulrang , yaltiroq, yaxshi bolgʻalanuvchan va choʻziluvchan metall, zichligi 13,82 g/sm3 (20° da), suyuqlanish t-rasi 2222±30°, qaynash t-rasi 5400°. Oddiy sharoitda turgʻun, chunki yuzasida hosil boʻlgan metall oksidi uni keyingi toʻla oksidlanishdan saqlaydi. G. suvda, ishqor va ammiak eritmalarida erimaydi. NS1 va H3SO4 da juda sekin eriydi. Yuqori t-rada galogenlar, azot, uglerod, kremniy vag vodorod b-nbilan birikadi. Azot b-nbilan 700—800° da nitrid HfN, galogenlar b-nbilan 200— 400° da tetragalogenidlar, uglerod b-nbilan 1800—2000° da karbid NGS, kremniy b-nbilan 1000° da silitsidlar Hf2Si, Hf5Si, HfSi va HfSi2, vodorod b-nbilan 350-400° da gidrid HfH2 hosil qiladi. Birikmalarda +2 va +3 valentli boʻlishi ham mumkin, lekin asosiy valentligi +4 ga teng . G. tuzlarining suvdagi eritmalari gidrolizlanganida murakkab polimer va koʻp yadroli kompleks ionlar hosil boʻladi.
 
Gafniy dioksid, NGO2 — oq kristall modda; zichligi 9,68 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 2780°. Suvda erimaydi, konsentrlangan NS1 va HNO3 taʼsiriga berilmaydi, konsentrlangan ftorid va sulfat kislotalar, suyuqdantirilgan ishqorlar b-nbilan reaksiyaga kirishadi.
 
Umumiy formulasi HfO2 xH2O boʻlgan oʻzgaruvchan tarkibli kristall yoki gelsimon birikmalar; hosil qiladi.