Galen Klavdiy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
GALEN (Galenus) Klavdiy (taxm. 129, Pergam — 201, Rim) — qad. rim vrachi va tabiatshunosi. Sharkda Jolinus hakim nomi b-nbilan mashhur. Tibbiyot va falsafaga oid koʻplab asarlar muallifi. "Inson tanasining qismlari haqida"gi mumtoz asarida birinchi marta bir butun organizmni anatomikfiziologik jihatdan tasvir-lab bergan. Hay-vonlarda oʻtkazil-gan viviseksiya tajribalarini tibbiyotga joriy kilgan. G. shifobaxsh dorilar (q. Galen preparatlari) deb ataluvchi dori-darmonlarni hayvon va oʻsimlik xom ashyolaridan tayyorlagan. Tabobat tarixida qon aylanish toʻgʻrisidagi dastlabki gʻoyalarni ilgari surgan. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi ilmiy diagnostika, davolash va profilaktikaning asosi ekanligini koʻrsatib bergan. G. antik tibbiyot haqidagi tasavvurlarni yagona taʼlimot tarzida umumlashtirib, 15—16-a.larga qadar tabiatshunoslikning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan. G. faylasuf sifatida sezgilardan tashqari aql ham bilish va haqiqat man-baidir, deb hisoblagan. Peripatetiklar taʼlimoti b-nbilan stoiklar taʼlimotini bogʻlab olib borgan. Oʻzining nomi b-nbilan ataluvchi sillogizmning toʻrtinchi figurasi hamda toʻrt mizoj haqidagi taʼlimoti mashhur. Uning "Falsafa tarixya" asari olim vafotidan keyin taxm. 500-y.da tuzilgan boʻlib, u tibbiyot talabalari uchun darslik hisoblangan. G. taʼlimoti cherkov tomonidan qonunlashtirilgan va u tibbiyotda koʻp asrlar mobaynida hukm surgan.
 
== Adabiyotlar ==