Galisiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Galisiya''' — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km2. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-y.lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — La-Korunya. Bosh shahri — Santyago-de-Kompostela. G. tarkibiga La-Korunya, Lugo, Orense, Pontevedra provinsiyalari kiradi.
 
G.da qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi b-nbilan atalgan. 5-a. boshlarida G.ni svevilar, 8-a. boshlarida arablar egalladi. 718 y.da arablar magʻlubiyatga uchragach, G.ni Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. G. 1065—72 y.lar-da mustaqil qirollik boʻlgan, 1072 y.da Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936 y. G.da referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.
 
Relyefi togʻlik, bal. 400—600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari b-nbilan oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.
 
G. asosan agrar viloyat. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa boqiladi. Makkajoʻxori, javdar, kartoshka ekiladi. Baliq ovlash va oʻrmonchilik katta ahamiyatga ega. GES koʻp. Kemasozlik rivojlangan (mamlakat kemasozligining 1/2 qismi). Oziq-ovqat (baliq, ayniqsa sardina konservalari i. ch.) sanoati, avtomobil i. ch., neftni qayta ishlash va alyuminiy z-dlari bor.