Ismoilbek Gasprinskiy — versiyalar orasidagi farq

k
imlo
(Yangi maqola yaratildi)
 
k (imlo)
GASPRINSKIY (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Ajikoʻy qishlogʻi —1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchshshk harakatining asoschisi, yozuvchi va publitsist. G.ning otasi Mustafo Gasprinskiy Rossiya harbiy dvoryani (praporshchik) boʻlib, Yalta sh. yaqinidagi Gaspra qishlogʻidan edi. G. qishloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva kadetlik korpusida oʻqidi (1864—67). Qrimga qaytgach, rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishladi (1867—70). Istanbul va Sorbonna (Parij) un-tlarida oʻqidi (1871—75). Jazoir, Tunis, Misr, Gresiyada boʻldi. Parijda fransuz sotsialistlari va liberallariga yaqinlashdi. Turkiyada Yosh turklar harakati rahbarlari b-nbilan tanishdi (1875—77). Boq-chasaroy sh. meri qilibsaylandi(1877). G. turkiy xalklar tarixi va adabiyotini oʻrganib, Sharq b-nbilan Gʻarb olamini taqqoslash imkoniyatiga ega boʻldi. G. "Rusiya musulmonligi" (Simferopol, 1881) ilk risolasida Yevropa sivilizatsiyasidan koʻr-koʻrona andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmonlarni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlaridan foydalanishga daʼvat etdi. "Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvozini" (Istan-bul, 1885) asarida esa sotsializm gʻoyalari b-nbilan bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasidagi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasiga alohida eʼtibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid" (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktablarini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga oʻzi keldi, Buxoro, Samarkand, Toshkentda boʻlib, taraqqiyparvar ziyolilar b-nbilan uchrashuvlar oʻtkazdi.
 
G. jadidchilik gʻoyalarini kengroq yoyish uchun "Tarjimon" (1883 y. 10 alr. dan), "Millat" (1908), "Bolalar olami" (1908—15), "Uygʻonish" (Qohira, 1908, arab tilida) gaz.lari, "Ayollar olami" jur. (1908—10), "Xa-xa-xa!" hajviy haftanomasini chiqardi. Jadid maktablari uchun "Xoʻjai sibyon" ("Bolalar muallimi") darsligini, "Rahbari muallimin yoki muallimlarga yoʻldosh" (1898) kitobini yozdi.
516 159

ta tahrir