Geliokonsentrator: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Geliokonsentrator''' (gelio..., lot. con. — birga, centrum — markaz, oʻchoq) — quyosh radiatsiyasi zichligini oshirish maqsadida quyosh nurlarini bir joyga toʻplash (fokuslash) uchun moʻljallangan qurilma; bir yoki bir necha koʻzgu yoki linzadan iborat. G.ning asosiy qismlari bikr (qattiq) biriktirilgan korpus va koʻzgu yoki linzalar toʻplami. G.ning qaytaruvchi sirti paraboloid, konussimon, toroidal, tarkibiy (har xil yassi koʻzgulardan iborat), koʻzgulinzali va b. koʻrinishda boʻlishi mumkin.
 
Quyosh nurlarini toʻplab, undan foydalanishga urinish qadimdan maʼlum. Mas, Arximed, fransuz olimlari T. P. Byuffon va A. L. Lavuazyening yondirish qurilmalari, keyinchalik har xil shakldagi G.lar paydo boʻldi. Oʻzbekistonda diametri 10 m li paraboloid koʻrinishidagi G. 1946 y.da yaratilgan. Shundan keyin Fransiya, AQSH va Yaponiyada ham xuddi shunday paraboloid G.lar yasaldi. Ular bir-biridan diametri b-nbilan farq qilardi, xolos. Keyinchalik koʻzgularning umumiy yuzasi 20 ming m2 ga yetadigan yirik G. ham paydo boʻldi. G. quyosh issiqlik-kuch qurilmalari, quyosh energetika kurilmalari va b.da qoʻllaniladi. Paraboloid G. yordamida hosil qilinadigan eng yuqori energiya zichligi 35-YU3 kVt/m2 (Quyosh sirtida nur energiyasi zichligi 74-YU3 kVt/m2) (yana q. Geliotexnika, Gelioqurilma).
 
== Adabiyotlar ==