Genuya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Genuya''' — Italiya shim.dagi shahar, Liguriya dengizining Genuya qoʻltigʻi sohilida. Genuya provinsiyasining maʼmuriy markazi, Liguriya viloyatidagi eng katta shahar. Aholisi 700 ming kishidan ziyod (1990-y.lar oʻrtalari). Maʼmuriy jihatdan yoʻldosh shaharlari b-nbilan birga Katta G. deb ataladi. G. mil. av. 1-a.da ligurlar turar joyi boʻlgan, 3-a.
 
da rimliklar bosib olgan. 16-a.dan Ispaniya, soʻngra Avstriya qoʻl ostida. 1805 y.da Franiiyaga qoʻshib olingan. 1815 y.dan Sardiniya qirolligi tarkibida. G. mamlakatning yirik porti va muqim sanoat markazlaridan. Italiya shim.dagi sanoat r-nlari tashqi savdo aloqalarini G. orqali olib boradi. Mamlakatdagi barcha eksport va importning 1/5 qismi G.dan oʻtadi (yuk ortish va tushirish yiliga qariyb 50 mln. t). G. orqali chetdan koʻproq neft, kumir, temir, paxta tolasi, yogʻoch-taxta, don keltiriladi; chetga tayyor sanoat mahsulotlari chiqariladi. G. yoʻlovchilar tashiladigan yirik port, t. y., avtomobil va havo yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Katta G.da Italiyadagi yirik kemasozlik, samolyotsozlik, aviatsiya va kema motorlari, turbinalar, qozonlar i. ch., lokomotivsozlik, traktorsozlik, elektr uskunalari, harbiy sanoat, aniq mexanika, metallurgiya va neftni qayta ishlash sanoatlari joylashgan. Toʻqimachilik, jut, kimyo, oziqovqat va b. sanoat korxonalari ham bor. Shaharda bir necha issiqlik elektr markazi, un-t (15-a.), oliy oʻquv yurtlari, Nafis sanʼat akademiyasi, Shahar muzeyi (1892 y.dan), suratlar galereyasi, opera va drama teatrlari va b. ishlab turibdi. G.ga turistlar koʻp keladi.