Geosinklinal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Geosinklinal''' (geo... va sinklinal), geosinklinal mintaqa — Yer poʻstining uzun (oʻn, yuzlab km), nisbatan tor va chuqur choʻkmasi. Dengiz havzalari tubida vujudga keladi va odatda, yer yoriqpari b-nbilan chegaralangan, choʻkindi va vulkan jinslarining qalin qatlami b-nbilan toʻlgan boʻladi. Uzoq davom etgan shiddatli tektonik deformatsiyalar natijasida G. murakkab burmali struktura — togʻ tizimlariga aylanadi. Odatda, okeandan qitaga oʻtish zonasida yoki qitʼalar oraligʻida joylashadi. G. okean tubi Yer poʻstining qitʼa Yer poʻstiga aylanishi deb tushuniladi. Hoz. zamon G. analogiga chekka va ichki dengizlarning (chuqur suv osti novlari b-nbilan birga) orollar yoyi misol boʻla oladi. Shu maʼnoda G. — geosinklinal mintaqa sinonimi.
 
10-a.da Abu Rayhon Beruniy oʻz davri fan yutuqlarini umumlashtirib togʻlarning paydo boʻlishi va yoʻq boʻlib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olga surgan edi. G. tushunchasini fanga kiritishni 1873 y.da amerikalik olim J. Dana taklif etgan. Uning fikricha, burmalanish jarayoni va choʻkindi jinslarning koʻplab toʻplanishi b-nbilan togʻ hosil boʻlish jarayoni oʻrtasida genetik birlik bor. 20-a. boshlarida bu taʼlimotni yevropalik olimlardan E. Og (fransuz), G. Shtille va E. Kraus (nemis), E. Argon va P. Arbenslar (shveysariyalik) yanada rivojlantirib, uning davriy qonuniyati, joylanishi va tuzilishi ustida ilmiy ishlar olib bordilar. G. xiyla murakkab, uning turli xillari maʼlum. Yer poʻstining eng yirik G. strukturalari birlashib G. mintaqasini tashkil etadi (H. M. Abdullayev, Yu. M. Sheynman, V. Ye. Xain). Yevrosiyo materigida toʻrtga: Oʻrta dengiz, Ural-Mongoliya, Tinch okean va Atlantika G. mintaqalari bor. Bularga tuzilishi bir xil boʻlgan turli yoshdagi burmalangan togʻliklar mansub, ular qad. platformalar b-nbilan chegaralangan. G. mintaqalar oʻz navbatida G. obla-stlarga boʻlinadi. G. oblastlar umumiy yoʻnalishdagi har xil tarkibga, tuzilishga ega boʻlgan bir qancha G.lardan va oʻrtalik massivlardan tashkil topgan. G.larning uz. 2000 km gacha, eni 50 dan 150 km ga yetadi. G. burmalanish fazasi b-nbilan farqlanadi, mas, gersin burmalanish fazasi, kaledon burmalanish fazasi. G. dastlab tez choʻkadi va oxirgi davrida, aksincha, koʻtariladi, burmalanadi va, nihoyat, togʻliklar hosil qiladi. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi chuqur darzlar paydo boʻlishi b-nbilan bogʻliq. G. oblasti r-nlarida kuchli burmalanish, shiddatli vulkan, intruziv paydo boʻlish jarayonlari va kuchli zilzilalar boʻladi. G.lar choʻkindi jinslarning qalinligiga qarab sinklinoriy va antikli-noriy strukturalari ga, tuzilishiga qarab evgeosinklinal va miogeosinklinalga boʻlinadi. G.ning rivojlanishi davriy qonuniyat asosida boradi va bir tektonik sikl davomida boʻladigan va bir-biriga qarama-qarshi ikki boshlangʻich hamda yetuk bosqichlarni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqichda G. tez choʻkadi, natijada V shakldagi darzlar b-nbilan chegaralangan chuqur dengiz havzalari vujudga kelib, choʻkindi jinslar koʻp toʻplanadi. Bunda asosli va oʻta asosli magmatik jarayonlar boʻladi. Ikkinchi bosqich koʻtarilish davrida G. sistemaga aylanadi, togʻliklar qad koʻtaradi. Choʻkindi jinslar burmalanadi, deyarli oʻrta tarkibli lavalar oqib chiqadi, intruzivlar hosil boʻladi, metamorfizm (togʻ jinslarining oʻzgarishi) kuchayadi. Zilzila oʻchoqlari doim harakatda boʻladi. G. choʻkish va koʻtarilish davrida atrofdagi strukturalar ham ancha oʻzgaradi. Choʻkish davrida G. atrofida havzalar vujudga keladi, koʻtarilish davrida esa togʻ oldi chuqurliklari hosil boʻlib, ularda choʻkindi, molass formatsiyalari toʻplanadi. G.ning davriy rivojlanish qonuniyatiga asoslanib, paleozoy erasida kaledon, gersin, mezokaynozoy erasida alp G. burmalanish sikllari boʻlganligi aniqlangan. Qozogʻiston hududidagi Talas, Qirgʻiziston tizma togʻlari kaledon burmalanish fazasida, Oʻzbekistan va Qirgʻiziston hududidagi Olay, Zarafshon, Turkiston, Chatqol, Ugom, Piskom togʻlari gersin burmalanish fazasida paydo boʻlgan G.lar hisoblanadi. G.da temir, mis, qoʻrgʻoshin, qalay, volfram konlari boʻladi. G. maʼlum hududning geologik rivojlanish tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega.
 
== Adabiyotlar ==