Brussel Poytaxt Regioni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
O'zMEdan
Qator 1:
:''Bu maqola Brussel Poytaxt Regioni haqida. Bu region ichidagi munitsipalitet haqida ma'lumot olish uchun qarang: [[Brussel shahri]].''
 
'''Brussel Poytaxt Regioni''' ([[Fransuz tili|fra.]] ''Région de Bruxelles-Capitale'', niderlandcha: ''Brussels Hoofdstedelijk Gewest'') — [[Belgiya]]ning uch regionidan biri. Bu regionga Belgiyaning rasmiy poytaxti [[Brussel shahri]] ham kiradi. Brussel [[Yevropa Ittifoqi]]ning poytaxi deb qaraladi. Brussel Senna daryosi boʻyida joylashgan.
 
== Tarixi ==
Brussel 11-asr yilnomalarida ilk bor tilga olinadi. Luven graflari qarorgohi boʻlgan. 12-asrdan Brabant tarixiy viloyatining asosiy iqtisodiy markazi, keyinchalik Flandriya va Burgundiyaning markazi. 15-asrda [[Niderlandiya]] tarkibida Gabsburglar hukmronligiga oʻtgan. 1585-yil martda shaharni ispanlar istilo qilgan. 1714 yil Brussel Belgiyaning barcha hududi bilan [[Avstriya]]ga qoʻshib olindi. 1815—1830-yillarda Niderlandiya qirolligi tarkibida boʻlgan. 1830-yidan Brussel — Belgiya poytaxti. 1914—1918 va 1940—1944 yillarda Brusselni [[Germaniya]] qoʻshinlari okkupatsiya qilgan. 1944-yil sentabrda Amerika-Angliya qoʻshinlari Brusselni ozod qildi. 1967-yildan Brusselda [[Yevropa Iqtisodiy Kengashi]] va [[Beniluks]] markaziy organi, [[NATO]] kengashi va uning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondonligining bosh shtab kvartirasi joylashgan.
 
== Iqtisodi ==
Brussel — mamlakatning eng katta shahri, asosiy sanoat va moliya markazi, muhim transport yoʻllari tuguni. Shaharga 10 dan ortiq [[temir yoʻl]] tarmogʻi kirgan. Xalqaro aeroport bor. Brussel kanallar orqali mamlakatning yirik dengiz porti — Antverpen va sanoat markazi — Sharlerua bilan bogʻlangan. Brusselda [[mashinasozlik]] ([[transport]] mashinasozligi, [[elektrotexnika]] va ayniqsa aniq priborlar ishlab chiqarish), [[kimyo]], [[farmatsevtika]], [[oziq-ovqat]], [[poligrafiya]], mebel sanoati, hunarmandchilik ([[gilam]] toʻqish, [[zargarlik]] buyumlari ishlab chiqarish va boshqalar) rivojlangan. Sanoat korxonalari, asosan Senna daryosi boʻyida joylashgan.
 
== Taʼlim ==
Brusselda bir necha [[universitet]] bor. Eng katta universitetlar Université Libre de Bruxelles va Vrije Universiteit Brussel universitetlaridir. Shaharda yana geografiya instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari, ilm-texnika institutlari mavjud.
 
== Madaniyati ==
Brussel Belgiyaning muhim madaniy markazidir. Shaharda botanika bogʻi, sanʼat akademiyasi, qirollyk [[kutubxona]]si (1837), [[muzey]]lar, [[teatr]]lar bor. Shaharda butunjahon sanoat koʻrgazmalari oʻtkaziladi. Shahar markazida Gudula sobori (1220—1500), shahar boshqarmasi binosi, Qirol maydoni va boshqa meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.
 
== Havolalar ==
Qator 7 ⟶ 19:
* [http://www.itravelnet.com/photography/europe/belgium/brusselsphotogallery.html Brussel Poytaxt Regioni suratlari]
 
{{geo-stubOʻzME}}
 
{{Link FA|af}}