Budapesht: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 47:
== Ilm va madaniyat ==
 
Vengriya Fanlar Akademiyasiga 1825-yil asos solingan. Shaharda [[politexnika]], [[pedagogika]], [[tibbiyot]] insitutlari, siyosiy, iqtisod va qishloq xoʻjaligi universitetlari, koʻplab [[teatr]] (jumladan 1840-yildan beri ishlayotgan Milliy teatr), Milliy muzey (1802) va boshqa muzeylar, [[kutubxona]]lar, metropoliten bor. Budapeshtda 1991-yil [[Markaziy Yevropa Universiteti]] ochilgan. Hozirgi kunda bu universitetda dunyoning koʻplagan mamlakatlaridan talabalar kelib tahsil olishadi.
[[File:Parlement van Boedapest gelegen aan de Donau.jpg|thumb|right|Vengriya Parlamenti binosi]]
 
DaryoningDunay daryosining past, soʻl sohilidagi Pesht va baland oʻng sohilidagi Buda shaharlari [[Dunay daryosi]]ga qurilgan panjarador koʻpriklar orqali bogʻlangan. Peshtda Budapeshtning eng yirik ilmiy, madaniy muassasalari, meʼmoriy ansambllari joylashgan. U yerda keng koʻchalar, zamonaviy binolar koʻp. Budapeshtning tarixiy yadrosi boʻlmish — Budada rimliklar qarorgohi boʻlgan Akvink harobalari (1-4-asrlar), [[gotika]] cherkovi (13-15-asrlar), qirol saroyi (13-18-asrlar) va boshqa obidalar saqlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Transport ==