Gilam: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gilam''' —badiiy toʻqimachilik buyumi; uy jihozi. Gilamchilik mahsuloti. Polga toʻshash, devorga osish, xonani bezash, isitish, tovushni pasaytirishga xizmat qiladi. Qoʻlda gorizontal yoki vertikal dastgoxlarda jun, ipak, kanop, paxta va b. iplardan toʻqiladi. Toʻqilishiga koʻra G.ning patli va patsiz (palos), bezagiga koʻra naqshli va mavzuli turlari farqlanadi. Naqshli G. mujassamoti handasiy yoki oʻsimliksimon bezaklar, turli xil belgi-ramzlardan iborat, ayniqsa, islimiy mujassamotlar nihoyatda goʻzal; mavzuli mujassamotlarda ov manzaralari, gullagan bogʻlar aks etadi. Yaratilishiga koʻra, toʻqima (guli toʻqiladigan), tikma (guli tikiladigan), bosma (guli boʻyab bosiladigan) turlari bor. Naqsh mujassamoti (handasiy, islimiy, girih va b.) va unda markaziy maydon b-nbilan hoshiyasi orasidagi nisbat, sifati (patli yoki patsizligi, patining uzun-qisqaligi), boʻyogʻi, ranglar uygʻunligi, xom ashyosi, hajmi G.ning badiiy qimmatini belgilaydi.
 
Qoʻlda va korxonalarda mashinada toʻqiladigan Markaziy Osiyo, Moldova, Rossiya, Ruminiya va b. G.lari keng tarqalgan (q. [[Gilamchilik sanoati]]). Ijro usuli, sifati va mujassamotining murakkabligi b-nbilan qoʻlda toʻqilgan G.lar betakrordir.
 
== Adabiyotlar ==