Gipofiz: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k imlo |
||
Qator 1:
'''Gipofiz''' (yun. hypophysis — oʻsiq), bosh miyaning pastki ortigʻi — odam va umurtqali hayvonlar inki sekresiya bezlaridan biri; u kalla suyagi asosidagi turk egarida joylashadi boʻlib, gipofizar oyoqcha deb atalgan maxsus tuzilma orqali bosh miya
Oʻrta boʻlak toʻqimalarda melanin pigmentining hosil boʻlishi va taqsimlanishini, koʻzning toʻr pardasida esa koʻruv purpurini tartibga solib turadigan gormon ishlab chiqaradi. Orqa boʻlak ancha kichik va miya gipofizar oyoqchasining goʻyo davomi hisoblanadi. Unda bezsimon toʻqima boʻlmaydi va tuzilishiga koʻra nerv toʻqimasiga juda uxshab ketadi. Shu sababli u neyro-gipofiz deb ataladi; bu boʻlak gormonlar ajratmaydi; u gormonlarning oʻziga xos yigʻiladigan joyidir; bu yerda vazopressin va oksitotsin gormonlari tuplanib boradi, bular gipotalamus yadrolarida hosil boʻlib, u yerdan G.ning orqa boʻlagiga tushadi. G. gormonlari oqsildan tashkil topgan, ularning kimyoviy tuzilishi aniqlangan va koʻpchiligi sintez qilingan. Ular endokrin va b. kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Moddalar almashinuvi, gormonal regulyatsiya va oʻsishni nazorat qilishda G.ning ahamiyati muhim (q. [[Akromegaliya]], [[Gigantizm]], [[Pakanalik]]).
|