Gipoteza: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gipoteza''' (yun. hypothesis — asos, taxmin) — hodisalarning qonuniy (sababli) bogʻlanishi toʻgʻrisidagi taxm. mulohaza, faraz. G. ilmiy bilishni rivojlantirish uchun asos boʻladi. G.ning mantiqiy jihatdan tahlil qilish (taqqoslash, analiz va sintez, mavhumlashtirish va umumiylashtirish) asosida bevosita bilimga oʻtish, sababiy bogʻlanish asosida qonuniyatlarni ochish kabi bosqichlari bor. Umumiy G. bir guruh hodisalar, jarayonlar xususiyati va sababi toʻgʻrisidagi, xususiy G. alohida, yakka hodisalar, jarayonlar sababi toʻgʻrisidagi taxmindir. Har qanday G. tekshirishni talab qiladi. Natijada uning ehtimolligi ortadi yoki kamayadi, haqiqatligi isbotlanadi yoki rad etiladi. Yangi faktlarni eski nazariyalar b-nbilan izohlash mumkin boʻlmaganda, cheklangan miqdordagi faktlar va kuzatishlarni izohlashda G.ga ehtiyoj tugʻiladi. U keyingi bilimlarga, tekshirishlarga yoʻl ochadi, yangi nazariyalar esa yana boshqa G.ni tugʻdiradi. G. bilish jarayonining ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir.
 
== Adabiyotlar ==