Girih: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 7:
10—11-a.larda faqat ganchda, 12-a.da sopol buyumlar va gʻisht qalamalarida, 14-a.dan koshin, parchin, yogʻoch, tosh va rangli naqshlarda uchraydi. 15-a.ga kelib sopolga oʻyilgan naqshlar yuzalariga sir berish rasm boʻldi. G.ni ishlatish imkoniyatlari yana kengaydi.
 
20-a.da oʻzbekistonlik Us t a Shirin Murodov, Shamsiddin Gʻafurov, Maxmud Usmonov va b. ustalar binolarni bezashda qoʻllagan G.lar oʻzining sodda va goʻzalligi, ajoyib va mukammalligi b-nbilan ajralib turadi. G.ning bunday namunalarini Toshkentdagi Navoiy, Muqimiy teatr binolari, Oʻzbekistan xalqlari tarixi muzeyi, Xalqlar Doʻstligi saroyi, metro bekatlari va b. da koʻrish mumkin. Ayniqsa, Oʻzbekistan mustaqilligidan keyin barpo qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Buxoriy majmuasi, Oliy majlis binosi kabi yirik meʼmoriy inshootlar, jamoat (choyxona, mahalla guzarlari va b.) va xususiy binolar bezagida G. naqshning asosiy turlaridan biriga aylandi.
 
Poʻlat Zohidov.