Christoph Willibald Gluck: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
GLYUK (Gluck) Xristof Villibald (1714.2.7, Erasbax, Bavariya — 1787.15.11, Vena) — avstriya kompozitori, musiqiy klassitsizmning yirik vakili. 1752 y.dan asosan Venada yashab, saroy operasida dirijyor va kompozitor boʻlgan. Vena klassik maktabining ilk opera islohotchisi sifatida "Orfey va Evridika" (1762), "Alsesta" (1767), "Ifigeniya Tavridada" (1779) kabi 100 dan ortiq operalarini yaratdi. Bularning eng yetuklari gʻoyaviy va badiiy mazmundor, ifodaviy vositalari xilma-xil boʻlib, qahramonlarning kuchli his-tuygʻulari, matonatli xulqiy fazilatlari b-nbilan ajralib turadi. G. ariya, ansambl va balet lavhalarini izchil musiqa rivojiga boʻysundirdi, ularni yirik sahnalarga birlashtirib, operaning musiqiydramatik keskinligini kuchaytirdi, saroy spektakllariga xos dabdabali yuzaki tomoshalarga barham berdi. G. fransuz hajviy opera janrida ham ijod qilgan. "Soxta choʻri" (1758), "Aldangan qozi" (1761), "Nogahon uchrashuv yoki "Makka hojilari" (1764) va b. asarlarida Sharq mavzularini ekzotik tarzda aks ettirgan.
 
== Adabiyotlar ==