Gnostitsizm: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gnostitsizm''' (yun. gnostikos — bi-luvchi) — 1—3-a.larda Rim imperiyasida tarqalgan diniy-falsafiy oqim. Uning tarafdorlari oʻz diniy eʼtikrdlarining asl mohiyatini "bilib olishga" intilishgan. G. iudaizm diniy tafakkuridan tashqari Bobil, Misr va b. Sharq mamlakatlaridagi diniy-mifologik tasavvurlar b-nbilan ham chatishib ketgan. Bunga stoiklar (q. [[Stoitsizm]]), neoplatonizm va neopifagoreizm vakillarining falsafiy gʻoyalari ham qoʻshilgan. Gnostiklar xristianlik aqidalarini Sharq mamlakatlaridagi diniy-falsafiy bilimlar b-nbilan bogʻlashga intilgan. Asosiy vakillari — micrlik Valentin (2-a.), suriyalik Vasilid (2-a.). G. olamni dualistik (q. [[Dualizm]]) nuqtai nazardan tushuntiradi. Uning manbai zardushtiylik falsafasidagi yorugʻlik va zulmat, yaxshilik va yomonlik oʻrtasidagi kurashni ifodalovchi dunyoqarashga borib taqaladi. Gnostiklar fikricha, yaxshilik va yorugʻlik xudoning neʼmati, yomonlik va zulmat esa materiyadan kelib chiqadi. G. tarafdorlari xristianlik aqidalaridan chetlanadilar. Ularning fikricha, agar xudo yaxshi va adolatli boʻlsa, nega olamda yovuzlikning , adolatsizlikning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻyadi? Xristianlikda bu muammo olamning yaratuvchisi va yaratuvchining bu olamga gunohni joylashtirganligi haqidagi tasavvur orqali hal etiladi. Bu olamdagi gunohdan faqatgina Isoga eʼtiqod yoʻli b-ngina saqianish mumkin deyiladi. Gnostiklar Isoni tan olsalarda, u haqidagi Bibliya rivoyatlarini rad etadilar. Gnostiklar taʼkidlashicha, gunohkorligi uchun inson aybdor emas, chunki har bir individning joni yaxshilik va yomonlik, adolat va zulm oʻrtasidagi kurash maydonidir. Inson bu kurashni kuzatib turadi va shu asosda olamning mohiyatini anglaydi, unga tushunib yetadi. Xudoning Iso timsolida insonga aylanishi va insonga qoʻshilishi xristianlikning buyuk sirlaridan biridir. Bu taʼlimot boʻyicha xudo va b. gʻayritabiiy ilohiy kuchlar b-nbilan qoʻshilib ketish (yaʼni xudo b-nbilan ekstatik qoʻshilish) va ularni anglash sogʻlom aql va mantiqdan tashqari, tushuntirib boʻlmas tarzda va ongciz sodir boʻladi, uni ratsional yoʻl b-nbilan emas, balki irratsional, gʻayritabiiy yoʻl b-nbilan anglash mumkin.
 
Xudoni bilishning bunday murakkab va chigal uslubi xristian aqidalarining asoslariga xavf sola boshladi, Bibliya matnlarini allegorik tarzda kufrona talqin etishga yoʻl ochdi. Bunday holat 2-a. oxiriga kelib rasmiy cherkovning G.ga qarshi kurash olib borishiga sabab boʻldi.