Granada: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Granada''' (arab. Gʻarnota) — Ispaniyaning jan.dagi shahar, Andalusiya muxtor viloyatida. Syerra-Nevada togʻi yon bagrida, Xenil daryosi vodiysida joylashgan. Granada provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi qariyb 242 ming kishi (1998). Temir yoʻl tuguni. T.y. orqali Oʻrta dengiz boʻyidagi Motril porti b-nbilan bogʻlangan. Sanoati, asosan, q.x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. G. yaqinidan temir rudasi qazib chiqariladi. Oziq-ovqat, sement, kimyo z-di, toʻqimachilik sanoati korxonalari va qogʻoz f-kalari bor. Shahar tarixiy manbalarda ilk bor 8-a.da qayd qilingan. 11-a.dan arablar qoʻl ostida, 1238 y.dan Gʻarnota amirligi tarkibida boʻlgan. 1492 y.dan Ispaniya tasarrufiga oʻtgan. Arablar istilosi davrida G. Mavritaniya davlatining siyosiy, madaniy va iqtisodiy markazlaridan biri boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Mavritaniya meʼmorligi sanʼati uslubida qurilgan qalʼa-saroy (13—14-a.lar) va Karl V saroyi hamda Uygʻonish davriga oid sobor va b. saklangan. Un-t bor (16-a.dan). Turizm rivojlangan. Har yili musiqa festivallari oʻtkazilib turiladi.
 
== Adabiyotlar ==