Grenlandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Grenlandiya''' — Shim. Muz okeani va Atlantika okeani oraligʻidagi orol, Shim. Amerikaning shim.-sharqida. G.— dunyodagi eng katta orol. Mayd. 2166,1 ming km2. Daniyaga karashli. Aholisi 56 ming kishi (1998), shu jumladan 44,4 ming kishi grenlandiyalik inuitlar (90% aholi jan.-gʻarbiy sohilda yashaydi). Maʼmuriy markazi — Gotxob (Nuk) sh.
 
G. asosan Kanada qalqonida joylashadi boʻlib, gneys, kvarsit, marmar va granitdan tuzilgan, usti vulkanogen choʻkindi jinslar b-nbilan qoplangan. Grafit, marmar, mis, temir rudasi, oltin, kumush, koʻmir, qoʻrgʻoshin, pyx va uran konlari topilgan. G.da muz qoplamining umumiy hajmi 2,6 mln. km3. Muzlik tagining relyefi G. chekkasidan oʻrtasiga tomon pasaya boradi. Muz qoplamining oʻrtacha qalinligi 2300 m, eng kalin joyi 3400 m. Muzning ustki qatlami siljib sinadi va koʻplab (yiliga 13—15 ming) aysberg okeanga tarqaladi. Sohildagi muzdan xoli yerlarning eni baʼzi joylarda 200—250 km ga yetadi. Sharqiy sohilda muzliklar b-nbilan qoplangan togʻ tizmalari bor. G. va butun Arktikaning eng baland nuqtasi — Gunbyorn choʻqqisi (3700 m) shu yerda. Sohilda subarktika, arktika va dengiz iqlimi. Orol ustidan tez-tez siklon shamollari oʻtib turadi. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi janubda —7°, shim.da —36°, iyulniki jan.da 10°, shim.da 3°. Oʻsimliklar G.da muzdan xoli boʻlgan joylarda uchraydi. Taxm. 450 ga yaqin oʻsimlik turi bor. Eng jan.da qayin, chetan, olxa, tol, shuningdek, har xil oʻtlar, 80° sh.k.gacha boʻlgan sohilda tundra oʻsimliklari, shim.da mox va lishaynik oʻsadi. Hayvonlardan sohilda shimol bugʻusi, mushkli qoʻchqorbuqa, oq ayiq, qutb tulkisi, qutb boʻrisi, lemming , qirgʻoq yaqinidagi suvlarda kit, tyulen, morj va b. yashaydi. 170 tur parranda bor. Iqtisodiy xayoti orolning muzdan xoli boʻlgan 15% sohil boʻyi qismida (342 ming km2) olib boriladi. Mehnatga yaroqli aholining 25% baliq ovlash b-nbilan shugʻullanadi. Bir yilda 290 ming t atrofida baliq, tyulen va b. dengiz hayvonlari ovlanadi. Q. x.da qoʻychilik (22 ming bosh) va bugʻuchilik (6 ming bosh) rivojlangan. Eksportining 83% ini baliq mahsulotlari, importni oziq-ovqat mahsulotlari, keng isteʼmol tovarlari, mashina va asbob uskunalar tashkil etadi. Tashqi aloqalarni Daniya, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Shvesiya b-nbilan olib boradi.
 
Orolni dastlab islandiyalik dengizchi Gunbyorn 875 y.da topgan. 982 y.da islandiyalik (asli norvegiyalik) Eyrik Rauda tadqiq qilgan va uni G. ("Yashil oʻlka") deb atagan. Orol 1262 y.dan 18-a. boshigacha Norvegiyaga qarashli boʻlgan, 1721 — 1953 y.larda Daniya mustamlakasi. 1953 y.da G. Daniya hududining bir qismi deb eʼlon qilindi. 1979 y. may oyidan boshlab oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega boʻldi.