Aleksandr Griboyedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Griboyedov Aleksandr Sergeevich''' [1795.4.(15).1, Moskva-1829.30.1(11.2), Tehron, Tbilisida dafn etilgan] — rus yozuvchisi, diplomat. Moskva un-tining falsafa, til-adabiyot, huquq va fizikamatematika f-tlarida oʻqigan (1806-10). Talabaliq yillarida boʻlajak dekabrist (N.M. vaA. 3. Muravyovlar, I. D. Yakushkin, A.I. Yakubovich)lar b-nbilan aloqada boʻladi. Keyinchalik rus mutafakkiri va publitsisti P.Ya. Chaadayev b-nbilan yaqindan tanishadi. 1812 y.da koʻngilli boʻlib armiyaga xizmatga kiradi. Rossiyaning Erondagi elchisi boʻlib ishlayotgan vaqtida mutaassiblar tomonidan vahshiylarcha oʻldirilgan. G. dastlab fransuz yozuvchilariga taqlidan komediyalar ("Yosh kelin-kuyovlar" 1815; "Talaba", 1817) yozgan. "1812 yil" pyesasi (1824— 25) vatanparvarlik va fuqarolik ruhi b-nbilan sugʻorilgan. "Aqllilik balosi" (1824) komediyasi G.ga katta shuhrat keltirdi. Dastlab qoʻlyozma holida tarqalgan bu komediya rus adabiyoti, rus dramaturgiyasi va rus teatrining oʻsishida muhim bosqich boʻldi. G. bu asarda rus jamiyatidagi ijtimoiy va maʼnaviy qoloqlikni qattiq fosh qiladi, uning rivojiga toʻsiq boʻlib turgan zodagonlarning farosatsizligi, kaltafahmligi va xudbinligi ustidan kuladi. Asar fojiaviy ruhda yozilgan. G.ning "Aqllilik balosi" komediyasi Toshkentdagi rus akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.
 
Ad,: Piksanov N. K., A.S.Griboyedov i yego tvorchestvo, M., 1945; Lebedev A. A., Griboyedov. Fakti i gipotezi, M., 1980.