Gunnlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gunnlar''', hunnlar (lot. Hunni) — mil. 2 — 4-a.larda turkiy hunlarning Uraloldi va Volga boʻyidagi oʻgʻur (ugor) qabilalari b-nbilan aralashuvidan tashkil topgan xalq. Mil. 1-a.dahunlar Markaziy Moʻgʻulistondan Jungʻoriyaga siqib chiqarilgan. Mil. 155 —160 y.lardahunlarning katta qismi Uraloldi va Volga boʻyiga kelib mahalliy oʻgʻur qabilalari b-nbilan yagona qabila ittifoqiga birlashgan va shundan eʼtiboran Gʻarb tarixiy manbalarida gunnlar deb atala boshlagan. G.ning kelib chiqishi haqidagi ushbu qarash rus olimi K. A. Inostransev tomonidan olgʻa surilib, u yagona turkiyzabon xalq — hunlarning gʻarbiy tarmogʻini — G., sharqiy tarmogʻini — hunlar deb atashni taqlif etgan. Bu fikrni koʻpchilik olimlar (S. V. Kiselyov, M. I. Artamonov, L. R. Kizlasov, N. Ya. Merpert, L. N. Gumilyov (Rossiya), Mak-Govern (Angliya), Ye. Pritsak (Chexiya) va b. qoʻllab-quvvatlashgan. M. Aji (Rossiya) G.ni Dashti Qipchoq aholisi — qipchoqlar deb ataydi.
 
4-a.ning 70-y.larida G.ning gʻarbga tomon ommaviy suratda siljishi boshlangan. G. alanlarni tobe etib, Balombir boshchiligida Don daryosidan oʻtganlar va Ermanarix davlatini agdarib (375) ostgotlarning katta qismini boʻysundirishgan hamda 376 y.da vestgopiarim Frakiyaga chekinishga majbur qilishgan (q. [[Xalqlarning buyuk koʻchishi]]). UP y. G. bevosita Rim imperiyasi b-nbilan yuzma-yuz kelishgan. Kuchli otliq qoʻshinga ega boʻlgan koʻchmanchi G.ning shiddat b-nbilan olgʻa yurishlari zamondoshlarida ulkan taassurot krldirgan. Bu yurishlar tafsiloti Ammian Marsellin (4-a) va Iordan (6-a.) asarlarida ancha batafsil yoritilgan. Ularning xabar berishlaricha, G.ning hayoti ovchilik b-nbilan oʻtgan, ular imoratlar qurishmagan, oʻqlarini paykoni uchun temir oʻrniga suyakdan foydalanishgan, qabila boshliqlari (yoʻlboshchilar)ning merosiy hokimiyatidan bexabar boʻlishgan. Aftidan koʻproq bu hol hunlar atrofiga uyushgan oʻgʻurlarga tegishli boʻlgan; G. ga tobe hududlardan topilgan 2 — 5-a.larga oid moddiy madaniyat yodgorliklari G.da qadimdan oʻziga xos madaniyat mavjud ekanligidan darak beradi. Ov qiladigan yerlar va yaylovlarga boʻlgan ehtiyoj G.ning Yevropaga bostirib kirishlarining asosiy sababi edi. Gʻarbiy Rim imperiyasi G.dan germanlar va xalq harakatlariga qarshi kurashda ittifoqchi sifatida foydalandi (G.ni Pollensiya yaqinida 402 y.da Alarixni, 406 y. Etruriyada Radagaysni, 434 y. burgundlarni tor-mor etishda ishtirok etishlari va b.). 395 — 397 y.larda G. Suriya, Kappadokiya va Mesopotamiyani talon-toroj etishgan, 408 y. Frakiyaga, 415 y. Illiriyaga bostirib kirishgan. 420 y.ga kelib Pannoniyada oʻrnashib olganlar. Podsho Rugila (vafoti 434 y.)ning jiyani Attila davri gunn qabilalar ittifoqining hududiy jihatdan eng kengaygan va harbiy qudrati eng yuksalgan payti boʻlgan. 445 y. Attila taxtdoshi va amakivachchasi Bledani qatl etib, butun hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan; 448 y.ga kelib sharqiy viloyatlarda akatsirlar (M. I. Artamonov ularni G.ning bir qismi deb hisoblaydi)ning separatik harakatlari barham topgan. G.ning asosiy yer-mulklari va podshoning qarorgohi Pannoniyada joylashgan.
 
G. 447 y. Attila yoʻlboshchiligida Sharqiy Rim imperiyasiga yurish qilib, Konstantinopol ostonalarigacha yetib borganlar. Vizantiya elchisi Prisk Attila b-nbilan sulh bitimi tuzish haqida kelishib olgan, unga koʻra ilgaridan Vizantiya toʻlab kelayotgan tovon miqdori oshirilgan. 451 y. Attila oʻziga tobe boʻlgan barcha qabilalarni toʻplab Galliyatya bostirib kirgan, yoʻlida duch kelgan Mes, Strasburg , Vorms, Mayns va b. shaharlarni esa vayron qilgan. G. Orleanni qamal qilishgan, 451 y. 15 iyunda Katalaun jangiyaa ular Gʻarbiy Rim imperiyasi va uning ittifoqchilaridan tashkil topgan qoʻshin b-nbilan toʻqnashgan; 452 y. Italiyaga bostirib kirgan G. Akvileya va Milanni talon-toroj etishgan. Rimni qamal qilishganda Rim papasi Lev (Leon) I Attila oldida tiz choʻkib, katta tovon evaziga sulh tuzilishiga erishgan. Shunday qilib Yoyiq (Ural) daryosidan Reyn daryosigacha choʻzilgan ulkan hudud G. saltanati qoʻl ostiga kirgan.
 
Attila davrida G.dagi ijtimoiy tuzum ularning Uraloldida yashagan ajdodlarining tuzumidan koʻp jihatdan farq qilgan. Mulkiy tabaqalanish kuchaygan.
Qator 11:
Yoʻlboshchilar hokimiyati endilikda merosiy boʻlgan. Biroq G. Yevropa sharoitida ham koʻchmanchi hayot tarzini oʻzgartirmaganlar. Ularning ijtimoiy-jamoa tuzumi harbiy demokratiya bosqichida boʻlgan. Tobe etilgan qabilalar G.ga soliq toʻlab, ularning harbiy yurishlarida ishtirok etishardi.
 
Qadimdan 1. yagona osmon ruhi — i angriga sajda qilib, tangrichilik diniga eʼtiqod qilishgan. Baʼzi tadqiqotchilar (M. Aji) fikriga koʻra, xristian dinining juda koʻp ramzlari (mas, xoch, ibodatxonalar, ibodatlar, ikonalar, cherkov qoʻngʻiroqlari va b.) mil. 4-a.da G. b-nbilan kelgan. G. bolani beshikka belaganlar, ot gqiladshtini yeb, sutini ichganlar. Attilaning vafotidan soʻng (453) oʻgʻillari oʻrtasida taxt uchun boshlangan oʻzaro nizo G.ga tobe boʻlgan va gunn qabilalar ittifoqiga kiruvchi gepidlar va b. qad. german qabilalarining qoʻzgʻolon koʻtarishlariga sabab boʻlgan. Nedao daryosi boʻyida (Pannoniyada) G. yengilgan, qabilalar ittifoqi tarqab ketgan. G. Qora dengiz buylariga chekingan, lekin bu yerdagi ugʻur qabilalari ularni tinch qoʻymagach, yana gʻarbga tomon yoʻl olganlar. 469 y. Frakiya hududiga kirganlarida, Vizantiya tomonidan toʻxtatilganlar.
 
G.ning Gʻarbiy Yevropaga qilgan yurishlari Gʻarbiy Rim imperiyasining tanazzulga uchrashiga, eski ijtimoiy tuzum — quldorlik tuzumining oʻrniga yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga turtki boʻlgan.
Qator 17:
G. nomi garchi baʼzan oʻrta asr mualliflari tomonidan koʻpgina koʻchmanchi qabilalarni majoziy maʼnoda atash uchun qoʻllangan boʻlsada, G. xalq sifatida barham topgan. G.ning qolgan-qutganlari Volga bulgʻorlari tazyiqi ostida shim.
 
ga siljib chuvash xalqi etnogenezida ishtirok etganlar. G.ning maxsus tarmogʻini aftidan Dogʻiston G.i (avarlar) tashkil etgan. 5-a.da ular dastlab, sosoniylarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan armanlarni qoʻllab-quvvatlashgan, keyinchalik esa Kavkaz Albaniyasilagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun sosoniylarga yollanganlar. Darbandning shim.da, markazi Varachan sh. boʻlgan kichik podshoxlik (7-a.da xazarlarga vassal boʻlgan) G. b-nbilan bogʻliq boʻlgan deb taxmin etish mumkin.
 
Yevropa xalqlari adabiyoti, sanʼati (rassomlik, haykaltaroshlik, teatr) da G. b-n, xususan, Attila b-nbilan bogʻliq juda koʻplab asarlar yaratilgan.
 
== Adabiyotlar ==