Gvineya-Bisau: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Gvineya-bisau''' (Guine-Bissau), Gvineya-Bisau Respublikasi (Republics da Guine-Bissau) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Atlantika okeani sohilida. G.-B. tarkibiga materik qismidan tashqari Bʼlama va Bijagosh o. lari kiradi. Mayd. 36,1 ming km2. Aholisi 1,1 mln. kishi (1990-y.lar oxiri). Poytaxti — Bisau sh. Maʼmuriy jihatdan Bisau muxtor sektori, 8 okrug va 37 tumanga boʻlinadi .
 
Davlat tuzumi. G.-B. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 y. mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy yashirin ovoz berish yoʻli b-nbilan 5 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi 102 deputatdan iborat bir palatali parlament — Millat xalq majlisi. Ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi, u hukumat aʼzolari va bosh vazirni tayinlaydi.
 
Tabiati. Materikdagi qismi tekis, ayrim joylari botqoqpi pasttekislik. Sohilida qoʻltiqlar va daryo estuariylari koʻp. Boksit, fosforit, oltin, temir rudasi, sirkoniy, neft konlari bor. Iqlimi ekvatorial mussonli, yozi seryomgʻir, qishi quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 24°, iyulniki 26°. Yillik yogʻin sohilda 2000 mm dan ortiq, mamlakat ichkarisida 1200 — 1500 mm. Daryolari (Jeba, Korubal, Kasheu) qisqa, ammo sersuv. Oʻsimliklari savanna va doimiy yashil nam tropik oʻrmonlardan iborat. Oʻrmonlarda maymun, buyvol, kiyik, leopard, begemot, timsoh, toʻngʻiz va har xil qushlar yashaydi.
Qator 25:
Matbuoti, radioeshittirish. G.-B.da nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Libertasau" ("Ozodlik", portugal tilidagi haftanoma, 1960 y.dan), "No pincha" ("Olgʻa", asosan portugal tilida, ayrim maqolalari kreol tilida chiqadigan haftanoma, 1975 y.dan). G.-B. axborot agentligi hukumat axborot mahkamasi boʻlib, 1975 y.da tuzilgan. G.-B. Respublikasi milliy radioeshittirish xizmati 1975 y.da tashkil etilgan.
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Aholining turar joylari juda xilmaxil. Sohil boʻyidagi pasttekisliklarda yashovchi balante qabilasi toʻgʻri burchakli pastqam uylarda istiqomat qiladi. Bu uylarning devorlari 4 ustunga mahkamlangan qamishdan toʻqilib, loy b-nbilan suvalgan. Tomi poxol b-nbilan yopilib nishabi ikki tomonga yoki 4 tomonga qaratilgan. Har bir uy bir necha xona va qaznoqdan iborat boʻlgan. Bir necha uy baland qalin devor b-nbilan oʻralib, qoʻrgʻon tusini olgan va uning oʻrtasida qabila boshligʻining uyi joylashtirilgan. Mamlakat ichki tumanlari (fulbe, mandinka qabilalari qarorgoxdari) aniq va ravon rejalangan. Toʻsiqsiz uylar toʻgʻri va keng koʻchalar boʻylab joylashtirilgan. Markazdagi maydon turli bayram va yigʻinlarni oʻtkazishga moʻljallangan. Uylarning devorlari loydan yoki xom gʻishtdan tiklangan va somonli konussimon tom b-nbilan yopilgan. Darvozalar, toʻsinlar, ustunlarga ohu, sigir, ilon va qushlarning qiyofasi oʻyib tasvirlangan. Bayot va papel qabilalarining kattakatta oilalari koʻp xonali (4— 10 xonagacha) uylarda yashaydi. Bu uylar toʻgʻri burchakli, doirasimon yoki choʻziq shaklda boʻlib, poxol tomining nishabi 2 tomonga qaragan yoki konussimon qilib ishlangan .
 
Badiiy hunarmandchilik ayniqsa orollarda rivojlangan. Qizil va qora yogʻochdan hamda fil suyagidan ajdodlarning haykalchalari, diniy buyumlar, mayda roʻzgʻor asbob-anjomlari (mas, oʻsimliklar tasvirlangan qoshiklar), turli jonivorlar qiyofasidagi niqoblar yasaladi. Qabila boshliklarining oʻrindiq va taxtlari, qoʻndoq, jovon, togʻoralarga turli naqshlar tushirilib, hayvonlar, qushlar, ilonlar va baliqlar tasvirlanadi. Yogʻoch va sigir shoxidan qurol (oʻq-yoy, oʻqdon, nayza, qalqon) yasash avj olgan. Xorijiy sayyohlarga moʻljallab koʻpgina buyumlar yasaladi. Qitʼadagi elatlar orasida fulbelar haykalcha, poyabzal, bezak buyumlari, musiqa asboblari yasashga mohir. Mandyaklar va papellar orasida toʻquvchilik hamda badiiy kashtachilik rivojlangan.