Ibn Arabshoh: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Ibn Arabshoh Shihobuddin Ahmad Ibn Muhammad Ibn Abdullox. Ibn Ibrohim''' (1388, Damashq — 1450, Qohira) — arab tarixchisi. Amir Temur Shom (Suriya) ni egallagach (1401), I. A. ni qarindosh-urugʻlari b-nbilan Samarqandga keltirgan. Bu yerda u mashhur olimlardan taʼlim olgan, fors, moʻgʻul va turk tillarini oʻrgangan hamda adabiyot va ilohiyot b-nbilan shugʻullangan (1401—08). U Xorazm, Moʻgʻuliston, Xitoyda va Oltin Oʻrda poytaxti Saroyda boʻlgan. Hoji Tarxon (Astraxon) da huquq fani b-nbilan shugʻullangan. Qrim orqali Adrianopolga kelgan. 10 y. davomida turk sultoni Muhammad I ning maxsus kotibi boʻlgan. I. A. bir necha tarixiy kitob yozgan. "Gʻurrat us-siyar fi duvalitturk va-ttatar" ("Turk va tatar xalqlari davlatlaridagi siyratlar sarasi") asari Oltin Oʻrda haqidagi koʻp maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. Ammo bu asar saqlanmagan. I. A. ning "Fukoxat ul-xulafo va mufokahat uz-zurafo" ("Xalifalarning hozirjavobligi va farosatlilarning hazil-kashligi") asari ham bor. I. A. tarjimon sifatida Avfiyning "Javomiʼ ulhikoyot va lavomiʼ ur-rivoyot" ("Hikoyalar majmuasi va rivoyatlar jilvasi"), Abu Laysning "Tafsir" ini fors tilidan turkchaga tarjima qilgan. "Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur" ("Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari") I. A. ning eng mashhur asaridir. Bu asar "Amir Temur tarixi" nomi b-nbilan oʻzbek tilida ham nashr etilgan.
 
I. A. Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi mualliflar jumlasidan edi. Bu hol uning asarida toʻla aks etdi. Shunga qaramay, I. A. asarida Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xoʻjalik va madaniy turmushini qoʻshimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi koʻpdan-koʻp diqqatga sazovor maʼlumotlarni keltirgan.
 
I. A. Amir Temurga naqadar salbiy nazar b-nbilan qaramasin, har holda uning shaxsini munosib baholagan: "Yetmish yoshli Temurning fikrlari hali ham qatʼiy, jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir... U istehzo va soxtalikni yoqtirmaydi, baxtsiz hodisa roʻy berganda gʻamga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida hamma itoatgoʻy boʻlib qoladi va hurmat bajo keltiradi. U mard va jasur odamlarni yoqtiradi... U masalaning moqiyatini darhol payqab oladigan mohir bahschi edi. U farosati b-nbilan haqgoʻy — yolgʻonchini darrov farqlar edi, samimiy maslahatchilarni soxta nasihatgoʻylardan farqdar edi".
 
== Adabiyot ==