Ibrohimbek: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 5:
1929 y. 15 apr. — 31 mayda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga bostirib kirdi. Sovet qoʻshinlari 19 apr. Mozori Sharifni, 22 apr. da Toshqoʻrgʻon shaharlarini bosib olishdi.
 
1930 y. 24—25 mayda qoʻrboshilar qurultoyi chaqirilib, boʻlgʻusi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston SSR hududiga oʻtish masalalari kelishib olindi. I. SSSRga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3 iyul kunini belgiladi. Birok josuslar orqali bu rejadan vo-qif boʻlgan sovet rejimi rahbarlari zudlik b-nbilan qarshi zarba uyushtirdilar. 1930 y. 20 iyunda 2-marta Afgʻonistonga bostirib kirishdi. Bir hafta davom etgan janglarda I. ning 839 jangchi-si, shuningdek, koʻplab tinch aholi vakillari oʻldirildi. Kuchlar teng boʻlmagan jangda I. magʻlubiyatga uchrab, oʻzining yaqin safdoshi Oʻtanbek qoʻrboshi va qarbiy kuchlari b-nbilan Qora Botir togʻlariga chekindi.
 
1931 y. boshlariga kelganda I. oʻz harakatini faollashtirib, muhojirlarning tarqoq kuchlarini yana birlashtirdi. I. 1500 kishilik saralangan qoʻshini va 8 ta qoʻrboshisi b-nbilan 1931 y. 30 martda Tojikiston Respublikasi hududiga kirgan. I. qoʻshini b-nbilan shoʻro askarlari oʻrtasida apr.—iyun oylarida shiddatli janglar boʻlgan. 12 iyunda Oqbosh togʻidagi soʻnggi jangda I. yaralanib, magʻlubiyatga uchragan. 1931 y. 23 iyunda chekistlar tomonidan qoʻlga olinib, Toshkentga olib kelingan. 1932 y. mart oyida I. sud qilinib, 31 avg . da qatl qilingan.
 
Ad: Amir Sayyid Olimxon, Buxoro xalqining hasrati tarixi, T., 1991; Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob, [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: K istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti, T., 2000; Oʻzbegim, T., 1992; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.