Idrok: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
'''Idrok''' — tirik organizmning maʼlumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obʼyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi.
 
I. ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. I.ning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi aʼzolarimizga taʼsir qilib turgan narsalarning bitta xu-susiyati b-nbilan emas, balki jami xususi-yatlarining taʼsiri b-nbilan bogʻliq. I. ana shu barcha xususiyatlar oʻrtasidagi mu-vaqqat bogʻlanish (q. [[Assotsiatsiya]]) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan I. jarayoniga kishining tajriba-si, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va b. ham ishtirok etadi (q. [[Appersepsiya]]). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki xrdisani yoshlari, maʼlumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy chiqishlari, harakter, qobiliyat va qiziqishlarida koʻrinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil I. qiladilar. Mac, tegishli ixtisosi boʻlmagan kishining birorta yangi mashinani I. qilishi ixtisosi bor odamning I.iga Karaganda tor va yuzaki boʻladi.
 
I.ning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda I. qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni kayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (q. [[Tasavvur]]) I. jarayonining ajralmas qismi. I.ning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) qam bogʻliq. Mac, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allakanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.