Imlo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Maqolaga {{OʻzME}} andozasi qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Qator 1:
{{birlashtirishga|Orfografiya}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Imlo''' (arab. — toʻgʻri yozish), orfografiya — soʻz va gaplarning , soʻz qismlarining fafika vositalari yordamida toʻgʻri yozilishi; muayyan tildagi toʻgʻri yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va b. bevosita yozuv b-nbilan bogʻliq boʻladi. Shu bois I. qoidalari vaziyatga koʻra oʻzgarib ham turadi.
 
Kirill yozuvidagi oʻzbek adabiy tilining I. qoidalari 1940 y. dan shakllana boshlagan boʻlsa, 1956 y. da mukammal qoidalar toʻplami qabul qilingan. Oʻzbek adabiy tilida fonetik, morfologik, tarixiy-etimologik I. qoidalari amal qiladi. Fonetik yozuv I. qoidalariga muvo-fiq ayrim soʻzlarning oʻzak va koʻshimchalaridagi oʻzgarishlar hisobga olinib, talaffuzga muvofiq yoziladi (koʻk+ga=koʻkka, bogʻ+ga=boqqa, buloq + ga=buloqqa va b.). Morfologik I. qoidasiga koʻra, aytilishi va eshi-tilishidan qatʼiy nazar, aynan oʻz holicha yoziladi (ichdi, tushdi, boribdi; bunda qoʻshimchalar — ti — ipti tarzida talaffuz qilinsa ham, di, — ibdi shaklida yoziladi). Tarixiy-etimologik qoidaga amal qilinganda esa suzlar uz holicha yoziladi (kitob, Muhammad, kimyo, tovar, geografiya, Koreya, Fransiya va b.).
 
Oʻzbek tilining lotin grafikasi asosidagi (1995 y. da qabul qilingan) alifbosi boʻyicha asosiy imlo kridalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 y. 24 avg . karori b-nbilan qabul qilingan.
 
== Adabiyot ==